Milliy gvardiyaning Toşkent şahar Qöriqlaş boşqarmasi Olmazor tumani bölimi otryad komandiri katta leytenant T.A. 1980 yilda tuğilgan fuqaroning işonçiga kirib, yuqori lavozimda işlovçi hamkasblari orqali uning tanişini Milliy gvardiya tizimiga işga kiritib qöyiş evaziga Mirzo Uluğbek tumanidagi «Ekobozor» savdo majmuasi avtoturargohida 5500 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Milliy gvardiyaning Qöriqlaş boş boşqarmasiga qaraşli soğlomlaştiriş oromgohi rahbari podpolkovnik A.R. xizmat mavqeyidan foydalangan holda, 1989 yilda tuğilgan fuqaroning işonçiga kirib, özining vakolatli tanişlari yordamida uni Milliy gvardiyaning Toşkent viloyatidagi qöriqlaş bölinmalaridan biriga işga joylaştirib qöyiş evaziga 1500 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat işlari qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.