Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada o‘smir o‘qotar qurol bilan samolyot bortiga yashirincha chiqdi
O‘smirning qurollanganini payqagan yo‘lovchilar uni politsiyaga tutib berdi.
Avstraliyada 17 yoshli o‘smir ov miltig‘i va o‘q-dorilar bilan samolyot bortiga yashirincha chiqib oldi, deb xabar bermoqda The Guardian.
Voqea 6 mart kuni Melburnda sodir bo‘lgan. Qurollangan o‘smir aeroport xodimining yorug‘lik qaytaruvchi kiyimini kiyib olib, to‘siqning tuynugidan uchish-qo‘nish yo‘lagiga o‘tgan. Shundan so‘ng u Sidneyga uchishi kerak bo‘lgan samolyotga chiqib olgan.
Samolyotda 160 nafar yo‘lovchi bor edi. Yigit qurolini yashirishga urinmagan ham — odamlar uning qurollanganini darhol payqadi. Uch kishi o‘smirni ushlab, politsiyaga xabar berdi. Huquq-tartibot xodimlari avstraliyalikni hibsga oldi. Hech kim jarohat olmadi.
Aeroport yaqinida yigitning mashinasi topildi. Ilgari o‘smir hech qanday jinoyat bo‘yicha javobgarlikka tortilmagan. Uning terroristik guruhlar bilan aloqasi bor-yo‘qligi ham noma’lum. O‘smirga nisbatan hali ayblov e’lon qilinmadi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026