Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Xitoy harbiy potensialini oshirish uchun okean tubini faol o‘rganmoqda
Dengiz oqimlari va suv zichligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar suvosti kemalarining ovoz chiqarmay harakatlanishini ta’minlashi mumkin.
Foto: Getty Images
Xitoy o‘zining hududiy suvlaridan tashqaridagi okean tublarini o‘rganishni sezilarli darajada faollashtirdi. Bu haqda ekspert va olimlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijasiga tayanib, The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.
Xitoyga tegishli kemalar Tailand, Indoneziya, Malayziya, Shri-Lanka va Hindiston sohillari yaqinlarida payqalgan.
Ma’lum qilinishicha, XXR fuqarolik kemalari okean tubining relefi, oqim kuchi va yo‘nalishi, suv yuzasidagi harorat va zichlik, shuningdek, mikroelementlar tarkibini o‘rganmoqda. Ayrim ekspertlarning hisoblashicha, shu orqali xitoyliklar okeandagi foydali qazilmalar istiqbolini aniqlashga urinmoqda, boshqalar esa ushbu ma’lumotlar harbiy yoki razvedka maqsadlarida foydalanilishi mumkinligidan xavotirda.
«Agar ushbu ma’lumotlar Xitoy harbiylari uchun foydali bo‘lsa, ular bundan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. U yerda hech qanday cheklov yo‘q», — deydi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi Metyu Funayole.
Bundan tashqari, dengiz oqimlari va suv zichligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar suvosti kemalarining maksimal darajada ovozsiz harakatlanishi uchun tegishli marshrutlarni aniqlashda yordam berishi mumkin.
«Okeanning turli qismlarida tovush turlicha tarqaladi. Agar siz suv tubidagi konturlarni tushunsangiz, bu muhim ma’lumotga aylanishi mumkin», — deydi Yyel universiteti katta ilmiy xodimi Piter Datton.
Mavzuga oid
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
23:10 / 06.02.2026
Xitoyning eng katta generallari ishdan olindi. Nega?
19:31 / 04.02.2026
Xitoy armiyasi rahbariyatidagi tozalash: bu nimani anglatadi?
18:28 / 03.02.2026