Firibgarlar odamlarni aldash uchun sun’iy intellektni qanday qo‘llashadi?
Octobank eng keng tarqalgan firibgarlar tomonidan aldov usullari haqida so‘zlab beruvchi, ularning alomatlarini tanishni o‘rgatadigan hamda moliyaviy va shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday himoya qilish bo‘yicha amaliy maslahatlar beradigan materiallar turkumini ishga tushirmoqda. Hushyor bo‘ling - aldanib qolmang.

Foto: Octobank
Ko‘zga ko‘rinmas firibgarlik tahdidlari har qadamda. Octobank'ning birinchi materialida sun’iy intellektdan foydalangan holda yaratilgan sxemalar, jumladan, ovozni o‘xshatib nusxalash, yozishmalarni tahlil qilish va ishonarli dipfeyklarni yaratish ko‘rib chiqiladi. Bu sxemalar qanday ishlashini va qanday himoya usullari mavjudligini aytib o‘tamiz.
Firibgarlar bank mijozlarini aldash uchun sun’iy intellektdan foydalanishmoqda
1. Telegram-akkauntni o‘zlashtirib olish
— Firibgarlar .apk kengaytmasi va foydalanuvchiga ularni ochishga undashi mumkin bo‘lgan iboralar yozilgan fayllarni yuboradi. Ko‘pincha bu "Salom, suratdagi senmisan?" degan matnli xabar. Stiller-virus (zararli dasturiy ta’minot) firibgarlarga qurilmaga, shu jumladan SMS xabarlarga, qo‘ng‘iroqlar, kontaktlar, galereya va boshqa ta’sirchan ma’lumotlarga to‘liq kirish imkonini beradi, bu esa foydalanuvchini hamda uning bank va boshqa ilovalarini keyinchalik komprometatsiya qilish mumkin.
— Qurilma muvaffaqiyatli komprometatsiya qilingandan so‘ng buzg‘unchilar chatlar va barcha ovozli xabarlarga kirish huquqiga ega bo‘ladi, jabrlanuvchining akkauntiga kirish uchun buzg‘unchilar bulutli parolni o‘rnatadi va qurbonning barcha faol seanslarini yakunlaydi.
2. Qalbaki ovoz yaratish
— Ovozli xabarlar yozuvlarini olgandan so‘ng firibgarlar sun’iy intellektdan foydalanib, jabrlanuvchining ohanglari va nutq uslubini taqlid qiluvchi soxta ovozni yaratadi.
3. Jabrlanuvchining qarindosh va do‘stlarini aldash
— Firibgarlar jabrlanuvchining qarindoshlari yoki do‘stlariga qo‘ng‘iroq qiladi yoki Telegramʼda xabar yozadi.
— Oldindan tayyorlangan ovozli iboralardan foydalanadi, masalan: "Menga shoshilinch pul kerak, yordam qiling" yoki "Muammoga duch keldim, mana shu hisobraqamiga pul o‘tkazing".
— Avvalgi yozishmalarni tahlil qilish orqali muloqot uslubini hisobga oladi.
4. Soxta videoqo‘ng‘iroqlar
— Yuqori darajali firibgarlar real vaqt rejimida dipfeyklardan foydalanib, jabrlanuvchining oldin chatda yozilgan yuzi va ovozli xabarlarini sinxronlashi mumkin.
— Messenjerlarda qalbaki videoqo‘ng‘iroqlar paydo bo‘lmoqda. Ularda sun’iy intellekt oldindan yozib olingan iboralarga mos ravishda lab harakatlarini va yuz ifodalarini moslashtirmoqda.
Sun’iy intellekt firibgarligidan qanday himoyalanish mumkin
— Ovozli xabarlar va qo‘ng‘iroqlarga e’tiborli bo‘ling: agar sizdan zudlik bilan pul o‘tkazish so‘ralsa, albatta, ma’lumotlarni qayta tekshiring.
— Telegramʼda ikki bosqichli autentifikatsiyani sozlang va murakkab parollardan foydalaning.
— Notanish manbalardan fayl va ilovalarni yuklab olmang, hatto ularni do‘stingiz yuborgan bo‘lsa ham.
—Bank va yaqinlaringizning rasmiy kontaktlarini saqlab qo‘ying va pul yuborishdan oldin raqamlar va ma’lumotlarni solishtiring.
— Ovoz va muloqot uslubini tekshiring: agar sizga "tanish" inson yozsa yoki qo‘ng‘iroq qilsa, lekin sizga xos bo‘lmagan iboralarni aytsa yoki o‘zini g‘alati tutsa, bu firibgar bo‘lishi mumkin..
Bu Octobankʼdan firibgarlik haqida tayyorlangan materiallar turkumidagi sxemalardan biri hisoblanadi. Keyingi nashrlarida bank firibgarlikning boshqa usullarini tahlil qiladi, firibgarlarni dastlabki bosqichdayoq qanday aniqlash mumkinligini tushuntiradi va o‘zingizni moliyaviy yo‘qotishlardan qanday himoya qilish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qarshi shahri hududi qariyb 2 barobar kengayadi
O‘zbekiston | 16:41
-
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi
O‘zbekiston | 16:13
-
Diniy qo‘mita Umra litsenziyasi uchun talabgorlardan arizalar qabul qilishni boshladi
O‘zbekiston | 15:54
-
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi
Jahon | 15:20
Mavzuga oid

11:16 / 02.03.2025
Uchta hududda imtiyozli kredit olib berishini aytib odamlarning pullarini o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

18:44 / 24.02.2025
Samarqandda internet firibgarlarining asosiy qurbonlari yoshlar bo‘lmoqda

18:41 / 22.02.2025
Toshkent viloyatida yirik miqdordagi firibgarlikni sodir qilgan shaxs qamaldi

16:49 / 20.02.2025