Toshkentda uch bolasi bilan tilanchilik qilib yurgan ayol qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, ayol ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, jamoat tartibini buzgan. Unga nisbatan mayda bezorilik, tilanchilik qilish hamda ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ayolga kuch ishlatgan xodimlarning harakati yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Foto: IIBB
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yosh bolalari bilan tilanchilik qilgan ayol majburan IIB binosiga olib kelingani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, muqaddam bir necha bor sudlangan 36 yoshli fuqaro X.A. o‘zining 3, 5 va 10 yoshli farzandlaridan foydalanib, ularning sog‘lom hayot kechirishi, ta’limga jalb qilinishini ta’minlamasdan, tilanchilik bilan shug‘ullangani aniqlangan.
Mazkur huquqbuzarlikni to‘xtatish va qonuniy chora ko‘rish maqsadida PPX xodimlari ushbu ayolni yaqin oradagi IIBga taklif qilgan. Biroq fuqaro ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat tartibini buzgan.
Holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 188−3-moddasi (tilanchilik qilish) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Uch nafar voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, videolavhada aks etgan holatda xodimlarning harakatiga baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
7,3 mlrd so‘mlik noruda foydali qazilmalarni qazib olish holatlari aniqlandi
O‘zbekiston | 08:04
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
Mavzuga oid

20:15 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?

16:30 / 13.03.2025
Toshkentga tramvayni qaytarish bo‘yicha yana bir “yo‘l xaritasi” imzolandi

21:27 / 12.03.2025
Toshkentda havo tozaligini nazorat qiluvchi ikkita stansiya o‘rnatildi

16:46 / 12.03.2025