Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentda yoş bolalari bilan tilançilik qilgan ayol majburan IIB binosiga olib kelingani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi. 

Ma’lum qilinişiça, muqaddam bir neça bor sudlangan 36 yoşli fuqaro X.A. özining 3, 5 va 10 yoşli farzandlaridan foydalanib, ularning soğlom hayot keçirişi, ta’limga jalb qilinişini ta’minlamasdan, tilançilik bilan şuğullangani aniqlangan.

Mazkur huquqbuzarlikni töxtatiş va qonuniy çora köriş maqsadida PPX xodimlari uşbu ayolni yaqin oradagi IIBga taklif qilgan. Biroq fuqaro içki işlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat tartibini buzgan.

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 188−3-moddasi (tilançilik qiliş) va 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Uç nafar voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qiliş va ijtimoiy yordam körsatiş maqsadida Toşkent şahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştiriş çoralari körilmoqda.

Şuningdek, videolavhada aks etgan holatda xodimlarning harakatiga baho beriş maqsadida xizmat tekşiruvi tayinlangan.