Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
“Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagi imkoniyatlarga ega “Tadbirkor ayollar” platformasi 2025 yil 1 iyulgacha ishga tushiriladi:
▫️ayol tadbirkorlarga xomashyo sotib olishga ko‘maklashish;
▫️o‘zaro kooperatsiyani kengaytirish va mahsulotlarni sotish uchun bozor topish;
▫️zarur mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish;
▫️loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarini aniqlash va ularga yechim topish.
2025 yil 1 maydan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Hamkor tadbirkor” dasturi yo‘lga qo‘yiladi:
- o‘z biznesini tashkil etmoqchi bo‘lgan xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish;
- kooperatsiya asosida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
- mahalliy va xalqaro elektron platformalarda xotin-qizlarga o‘z mahsulotlarini joylashtirish va sotishga ko‘maklashish.
2025 yil 1 avgustgacha Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish strategiyasi tasdiqlanadi.
Yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
10:14 / 21.05.2026
Farg‘onada ayol erini urgani uchun oilaviy zo‘ravonlikda ayblandi
09:58 / 08.04.2026
Xorazmda haykalni o‘pgan ayol jarimaga tortildi
12:41 / 16.03.2026
O‘zbekistonda 12 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan
12:01 / 06.03.2026