Kanada bosh vaziri Volodimir Zelenskiyni G7 sammitiga taklif qildi
Mark Karni Ukraina prezidentini 15-17 iyun kunlari Albertada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitiga taklif qildi, deb xabar berdi AFP.

Mark Karni Foto: Zuma / TASS
Kanada bosh vaziri Mark Karni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni 15-17 iyun kunlari Alberta provinsiyasining Kananaskis shahrida bo‘lib o‘tadigan G7 sammitiga taklif qildi. Bu haqda 17 mart, dushanba kuni Kanada hukumati vakili AFP'ga ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta bosh vazir lavozimiga kirishgan Karni 16 mart kuni Ukraina rahbari bilan gaplashgan. «Prezident Zelenskiy iyun oyida Albertada bo‘lib o‘tadigan G7 yig‘ilishiga taklif qilindi», — dedi u.
Avvalroq Mark Karni suhbat chog‘ida Zelenskiy unga «Ukraina mudofaasi va global tinchlikka erishish borasidagi sa’y-harakatlari haqida» yangilangan ma’lumotlarni taqdim etganini ma’lum qilgandi. «Kanada Ukrainaning Rossiya agressiyasiga qarshi erkinlik uchun kurashini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Volodimir Zelenskiy, o‘z navbatida, Karni bilan suhbatni «yaxshi va mazmunli» deb atadi va Kanadaga ko‘rsatgan yordami, xususan, mudofaa paketlari va Ukraina energetika sektorini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirganini qo‘shimcha qildi. U, shuningdek, Karnini Moskvaga bosimni kuchaytirish kerakligi haqida «yaxshi fikrlar» aytgani uchun maqtadi.
G7 Rossiyaga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh torsa, sanksiyalar bilan tahdid qildi
"Katta yettilik" mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Kanadada uchrashib, agar Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh torsa, unga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini muhokama qildi. 14 mart kuni e’lon qilingan qo‘shma bayonotda: «Biz Rossiyani (Ukrainaga) teng shartlar asosida o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish orqali o‘zaro javob berishga chaqirdik», deyiladi. «Agar bunday o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilmasa, Rossiyaga qo‘shimcha bosim, jumladan, sanksiyalar, neft narxini cheklash, Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish va boshqa choralarni ko‘rishni muhokama qildik».
Kanadaning «Katta yettilik»dagi raisligi veb-saytida e’lon qilingan hujjatda tashqi ishlar vazirlari har qanday o‘t ochishni to‘xtatishga «amal qilinishi» va Ukrainaning «yangilangan har qanday tajovuzkor harakatlardan» o‘zini himoya qila olishini ta’minlash uchun «mustahkam va ishonchli» xavfsizlik mexanizmlarini ishga tushirish kerakligini ta’kidladilar.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Netanyahu: HAMAS bilan muzokaralar endi o‘t ochish to‘xtatilmasdan davom etadi
Jahon | 05:34
-
Yaqin 75 yil ichida dengiz sathi uch metrga ko‘tarilishi mumkin - olimlar
Fan-texnika | 00:12
-
YeI davlatlari «Ozodlik radiosi» uchun muqobil moliyalashtirish manbalarini qidiradi
Jahon | 23:38 / 18.03.2025
-
Putin Ukraina energetika obektlariga 30 kun zarba bermaslikni qo‘llab-quvvatladi va «harbiylarga tegishli buyruq berdi»
Jahon | 23:07 / 18.03.2025
Mavzuga oid

14:02 / 17.03.2025
Zelenskiy yana Moskvani urushni tugatishni istamaslikda aybladi

03:50 / 17.03.2025
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi

22:08 / 16.03.2025
Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtab boshlig‘ini almashtirdi

21:59 / 15.03.2025