Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 29 ta kichik va mikro GES quriladi
Stansiyalar uchun davlat zaxirasidan yer maydoni ajratildi.
Toshkent viloyatida davlat zaxirasidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 6,7 gektar yer maydoni Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratildi. Bu maydonlarda kichik va mikro gidroelektr stansiyalar quriladi, deb xabar berdi viloyat hokimligi.
Qayd qilinishicha, Gidroelektr stansiyalar «Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni talablari asosida, Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan quriladi va foydalanishga topshiriladi.
Stansiyalar viloyatning Nurafshon, Chirchiq, Angren shahri hamda Chinoz, Parkent, Yangiyo‘l, Bo‘ka, Zangiota, Oqqo‘rg‘on, Ohangaron tumanlarida quriladi va loyiha quvvati 2550 kVt ni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026