Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Rossiyaning Novgorod viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekistonning bir nafar fuqarosi halok bo‘ldi, yana biri jarohatlandi.

Foto: 78.ru
Mahalliy OAV xabar berishicha, hodisa M-10 “Rossiya” avtomobil yo‘lining 400-kilometrida yuz bergan. Moskvadan kelayotgan 33 yoshli haydovchi (O‘zbekiston fuqarosi) boshqaruvidagi Chevrolet Lacetti xavfsiz masofani saqlamaganligi sababli oldinda ketayotgan 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Volkswagen bilan to‘qnashgan.
Zarba oqibatida Chevrolet qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, u yerda 63 yoshli haydovchi boshqarayotgan DAF rusumli yuk mashinasiga urilgan. Hodisa tufayli Chevrolet haydovchisi tez tibbiy yordam yetib kelgunga qadar voqea joyida halok bo‘lgan, uning 33 yoshli yo‘lovchisi esa turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan va jabrlangan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.
Mavzuga oid

17:49 / 22.03.2025
Trampga o‘q uzilganda Putin uning haqiga duo qilgan – Uitkoff

16:24 / 22.03.2025
Rossiyada Instagram’da reklama joylaganlar jarima to‘laydi

14:33 / 22.03.2025
Rossiyada blogerlar alohida OKVED kodiga ega bo‘ladi

12:43 / 22.03.2025