Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Malayziya bilan jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy hamkorlik qiladi
Malayziya bilan jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy hamkorlik qilinadi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Unga ko‘ra, prezident tomonidan imzolangan qonun bilan O‘zbekiston hukumati bilan Malayziya hukumati o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnoma (Toshkent, 2023 yil 8 iyun) ratifikatsiya qilindi.
Bundan oldin Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda elektr skuterlar ishlab chiqarishi mumkin ekani xabar berilgandi.
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev Pro Evens and Marketing Sdn Bhd kompaniyasining boshqaruv direktori Elayne Txam bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Malayziya tomoni O‘zbekistonda elektr skuterlar (3 va 4 g‘ildirakli ixcham elektromobil) ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026