Xushboq Rahimov va Tian Shuchun «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi
O‘zbekistonlik shoir va xitoylik investor davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Shoir va ma’naviyat targ‘ibotchisi Xushboq Rahimov prezident farmoniga ko‘ra «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
«Ko‘p yillik samarali badiiy-ijodiy faoliyati bilan zamonaviy adabiyotimizni vatanparvarlik, fidoyilik, insoniylikni tarannum etuvchi asarlar bilan boyitish, xalqimizning ongu tafakkuri, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi, yurtimizdagi tub islohotlar mohiyatini jamoatchilikka yetkazish, jamiyatda millatlararo do‘stlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, milliy madaniyatlar va an’analarni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun shoir, ma’naviyat targ‘ibotchisi Rahimov Xushboq «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin», deyiladi farmonda.
Shuningdek, xitoylik Tian Shuchun ham «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
«O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ikki tomonlama manfaatli sheriklikni rivojlantirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishga qo‘shayotgan munosib hissasi, yurtimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini yanada jadallashtirish, zamonaviy qurilish-arxitektura hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida istiqbolli va innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi katta xizmatlari uchun «TSC HK Investment» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Tian Shuchun O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin», deyiladi farmonda.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMASga qarshi qo‘zg‘algan g‘azoliklar, rad etilgan «Ukrainani talash» rejasi
Jahon | 13:46
-
Turkiyada so‘nggi yillardagi eng yirik namoyishlar - fotosuratlar
Jahon | 12:47
-
«Real»da kambek, Shomurodov va «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari
Sport | 11:58
-
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
Jahon | 10:53
Mavzuga oid

23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi

21:15 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

20:01 / 29.03.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

15:58 / 29.03.2025