Alphabet Wiz startapini 32 mlrd dollarga sotib oladi
Kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yurituvchi mazkur startap Alphabet tarixidagi eng yirik xaridga aylanadi.

Foto: Shutterstock
Alphabet Inc. kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yurituvchi Wiz startapini 32 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Kompaniyalarning qo‘shma press-relizida ta’kidlanishicha, bitim to‘liq pul mablag‘lari orqali yopiladi va u Alphabet tarixidagi eng yirik xaridga aylanadi. Bitim yakunlangach, Wiz Google Cloud’ning bulutli texnologiyalari bo‘linmasiga qo‘shiladi.
Kompaniya Wiz’ni xarid qilish bo‘yicha muzokaralarni 2024 yilda ham olib borgan, ammo u startap rahbariyati va investorlarning bitim antimonopoliya organlari qarshiligiga duch kelishi mumkinligi borasidagi xavotiri sabab bekor qilingandi.
2020 yilda tashkil etilgan Wiz bulutli servislar uchun kiberxavfsizlik sohasida yechimlar taqdim etish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya o‘z xizmatlariga bo‘lgan talab yuqoriligi sabab dunyoda eng tez o‘sib borayotgan startap hisoblanadi. Wiz servislaridan AQShdagi eng yirik 100 ta kompaniyaning qariyb yarmi foydalanadi.
2024 yilda Wiz’ning daromadi 500 million dollarni tashkil etgan va kompaniya joriy yilda uni ikki barobarga oshirish maqsadini qo‘ygan.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
Jahon | 10:53
-
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi
Jahon | 10:06
-
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
O‘zbekiston | 07:57
-
Kun.uz Ramazon hayiti bilan barchani muborakbod etadi!
O‘zbekiston | 07:01
Mavzuga oid

08:40 / 24.03.2025
Google uchun har bir foydalanuvchining «barmoq izi» qanday ekani aytildi

20:39 / 17.03.2025
Rossiya sudi Google kompaniyasi jarimasini 91 kvintilion rublgacha chekladi

00:09 / 20.02.2025
Google Italiyaga soliq tergovini hal etish uchun 340 mln dollar to‘laydi

17:34 / 29.01.2025