Eyfelni uyida qurgan furqatlik otaxon hikoyasi
1998 yil. Millionlar o‘yinining ashaddiy muxlisi bo‘lgan Komiljon ota Jo‘rayev Fransiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga borish uchun astoydil harakat qiladi va viza olishga erishadi ham. Biroq ma’lum sabablarga ko‘ra, Fransiyaga bora olmaydi. Parijga borish va mashhur Eyfel minorasini ko‘rish ishtiyoqi unga tinchlik bermasdi. Nihoyat u minib yurgan mashinasini sotib 7 tonnadan ortiq metall sotib oladi, 2004 yilda uyiga 21 metrli “kichik Eyfel”ni qurib bitkazadi.
Komiljon ota Jo‘rayev Fransiya armoni-yu o‘zi qurgan mashhur minora haqida so‘zlab berdi:
“1998 yilda Fransiyada jahon chempionati o‘tkazilgan. Futbol musobaqalarini tomosha qilish uchun boraman deb maqsad qilib yurardim. Ma’lum sabablarga ko‘ra bora olmay qoldim. O‘ylanib yurib undan ko‘ra Fransiyani o‘z uyimga olib kelaman degan niyatda “Eyfel minora”sini qurishga kirishdim va 2004 yilda minora bitdi.
Boshida qurilishdan avval shamolda ag‘anab ketishidan qo‘rqqanman. Chunki Qo‘qonda shamol juda kuchli esadi-da. Shuning uchun 1.5 metrdan ko‘proq tuproq qazib mustahkam xandaq ham tayyorlangan.
Usta kelishidan avval kerakli jihozlarning barchasini tayyorlab qo‘ygandim. 3 ta “svarka” apparatida 40 kunda bitkazganmiz. Jami minoraga 7 tonnadan ortiq metall ketgan. O‘shanda minib yurgan yangi “Tico” avtomobilimni ham 4 000 dollarga sotib yuborganman metall sotib olishga pul yetmay qolganidan. O‘sha paytda 4 000 dollar juda qadrli pul edi.
2008 yilda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisining rafiqasi yuqori martabali rahbarlar bilan birga minorani ko‘rgani keldi. Turistlar ham tez-tez kelib “Eyfel”ni ko‘rib ketishadi. Bundan boshim osmonga yetadi. Eyfel menga esdalik bo‘lib qoldi-da endi.
Yoshim 74 da. Minorani qurib armonim bir muncha aridi. Endi uyimda Eyfel bor. U bilan har kuni birgaman. O‘g‘illarimdan biri Fransiyaga 4 marta bordi. Shu bugun ham u Fransiyada. Men ko‘rmagan Parijni o‘g‘lim borib ko‘rdi”, — deydi u.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Operator va montajchi – Sardor Mamirov.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi
Jahon | 10:06
-
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
O‘zbekiston | 07:57
-
Kun.uz Ramazon hayiti bilan barchani muborakbod etadi!
O‘zbekiston | 07:01
-
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
O‘zbekiston | 00:41
Mavzuga oid

15:57 / 28.03.2025
«Eng yomoniga tayyorlanamiz» - Makron Ukrainani AQShsiz qo‘llab-quvvatlash rejalari muhokama qilingani haqida gapirdi

23:45 / 27.03.2025
Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi uchun 7 yillik qamoq muddati so‘raldi

18:16 / 26.03.2025
Fransiyada ijarachi uy egasini «haddan tashqari yuqori» ijara narxi uchun sudga berdi

15:47 / 26.03.2025