1998 yil. Millionlar öyinining aşaddiy muxlisi bölgan Komiljon ota Jörayev Fransiyada ötkazilayotgan futbol böyiça jahon çempionatiga boriş uçun astoydil harakat qiladi va viza olişga erişadi ham. Biroq ma’lum sabablarga köra, Fransiyaga bora olmaydi. Parijga boriş va maşhur Eyfel minorasini köriş iştiyoqi unga tinçlik bermasdi. Nihoyat u minib yurgan maşinasini sotib 7 tonnadan ortiq metall sotib oladi, 2004 yilda uyiga 21 metrli “kiçik Eyfel”ni qurib bitkazadi.
Komiljon ota Jörayev Fransiya armoni-yu özi qurgan maşhur minora haqida sözlab berdi:
“1998 yilda Fransiyada jahon çempionati ötkazilgan. Futbol musobaqalarini tomoşa qiliş uçun boraman deb maqsad qilib yurardim. Ma’lum sabablarga köra bora olmay qoldim. Öylanib yurib undan köra Fransiyani öz uyimga olib kelaman degan niyatda “Eyfel minora”sini qurişga kirişdim va 2004 yilda minora bitdi.

Boşida qurilişdan avval şamolda ağanab ketişidan qörqqanman. Çunki Qöqonda şamol juda kuçli esadi-da. Şuning uçun 1.5 metrdan köproq tuproq qazib mustahkam xandaq ham tayyorlangan.

Usta kelişidan avval kerakli jihozlarning barçasini tayyorlab qöygandim. 3 ta “svarka” apparatida 40 kunda bitkazganmiz. Jami minoraga 7 tonnadan ortiq metall ketgan. Öşanda minib yurgan yangi “Tico” avtomobilimni ham 4 000 dollarga sotib yuborganman metall sotib olişga pul yetmay qolganidan. Öşa paytda 4 000 dollar juda qadrli pul edi.


2008 yilda Fransiyaning Özbekistondagi elçisining rafiqasi yuqori martabali rahbarlar bilan birga minorani körgani keldi. Turistlar ham tez-tez kelib “Eyfel”ni körib ketişadi. Bundan boşim osmonga yetadi. Eyfel menga esdalik bölib qoldi-da endi.

Yoşim 74 da. Minorani qurib armonim bir munça aridi. Endi uyimda Eyfel bor. U bilan har kuni birgaman. Öğillarimdan biri Fransiyaga 4 marta bordi. Şu bugun ham u Fransiyada. Men körmagan Parijni öğlim borib kördi”, — deydi u.
















