Olimlar yorug‘lik yordamida hujayra shaklini boshqarishni o‘rganib oldi
Ushbu usul biomeditsina uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Kelajakda u «dasturlashtiriladigan» hujayralarni yaratishda qo‘l kelishi mumkin.

Foto: Naked Science
Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari yorug‘lik ta’sirida hujayralar shaklini o‘zgartirish imkonini beradigan usulni ishlab chiqdi. Dengiz yulduzi hujayralari ustida o‘tkazilgan tajribalar davomida ular hujayralarni qisqarish, cho‘zilish va hatto kvadrat shaklga keltirishga muvaffaq bo‘ldi. Tadqiqot natijalari Nature Physics jurnalida e’lon qilindi.
Ushbu usulning asosini GEF deb nomlangan maxsus ferment tashkil etib, u hujayrani qisqarish va harakatlanishga majbur qiluvchi reaksiyalar zanjirini ishga tushiradi. Olimlar ushbu fermentning yorug‘likka sezgir versiyasini yaratib, uni dengiz yulduzi hujayralariga kiritgan. So‘ng, ular hujayralarning ma’lum joylarini yoritish orqali o‘zgarayotgan shaklni kuzatgan.
Tajriba shuni ko‘rsatganki, yorug‘lik yordamida hujayralar harakatini yuqori aniqlik bilan boshqarish mumkin. Masalan, olimlar yoritish sxemasiga qarab kichik qisqarishlar yoki katta to‘lqinsimon harakatlarni paydo qila oladi. Bundan tashqari, aniqlanishicha, yorug‘likni bitta nuqtaga yo‘naltirish orqali zanjirli reaksiyalarni ishga tushirish mumkin, bu esa hujayraning shaklini qo‘shimcha aralashuvsiz o‘zgartirishga sabab bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, ushbu usul biomeditsina uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Kelajakda u «dasturlashtiriladigan» hujayralarni yaratishda, masalan, yorug‘lik ta’sirida qisqarib, yaralarning bitishiga yordam beradigan hujayrali «plastirlar» o‘rnida qo‘llanishi mumkin. Shuningdek, undan dorilarni tashuvchi hujayralarni ishlab chiqishda foydalansa bo‘ladi — bunday hujayralar faqat ma’lum yorug‘lik signali ta’sirida va kerakli joyda dori moddalarni chiqaradi.
Olimlar tadqiqotni yanada chuqurlashtirishni va shunga o‘xshash mexanizmlarning boshqa hujayralarda, jumladan, inson hujayralarida qanday ishlashini o‘rganishni rejalashtirmoqda. Tadqiqot rahbari Nikta Fahrining so‘zlariga ko‘ra, bu tirik organizmlarning qanday qilib bitta hujayradan shakllanishini yaxshiroq tushunishga, shuningdek, regenerativ tibbiyot va to‘qima muhandisligida yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina «Moskva» kreyseri cho‘ktirilishida AQShning rolini rad etdi
Jahon | 11:42
-
Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 11:37
-
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 11:13
-
Tramp uchinchi prezidentlik muddatini istisno etmadi
Jahon | 11:01
Mavzuga oid

18:30 / 30.03.2025
Olimlar Sibir kuydirgisining oxirgi bosqichini ham davolash usulini aniqladi

20:45 / 27.03.2025
Olimlar tug‘ma karlikni davolash usulini topdi

03:06 / 26.03.2025
Olimlar saraton va diabetni davolashda gen terapiyasining asosiy to‘sig‘ini bartaraf etdi

04:21 / 03.03.2025