Qurilma motor korteks, ya’ni miyadagi nutqni boşqaradigan hududga örnatiladi. Bemor sözlarni faqat öylaydi, implant esa neyron impulslar orqali ularni yozib oladi. Keyin qurilma içidagi sun’iy intellekt qaydlarni tahlil qilib, fonemalarga ajratadi va ularni sözlar, gaplarga aylantiradi. Şu tariqa bemorning içki nutqi ovozli şaklda namoyon böladi.
Qurilmani klinik sinovdan ötkazişda uç nafar lateral amyotrofik skleroz (LAS) bilan kasallangan va bir nafar insult ötkazgan bemor iştirok etdi. Natijalarga köra, implant yordamida fikrlarni ovozga aylantiriş aniqligi 74 foizgaça yetgan. Bu körsatkiç miyaning tabiiy nutqni qayd qilişi bilan soliştirilganda juda yuqori natija hisoblanadi.
Yangi texnologiyaning eng muhim jihati şundaki, u bemor gapira olmasa ham işlayveradi. Qurilma faqat tasodifiy fikrlarni emas, içki nutqni ham qayd etadi, masalan, miyada sanalayotgan raqamlar yoki odamning özi bilan özi gaplaşişini.
Maxfiylik masalasi öylab çiqilgan: bemor xohlasa, miyasi orqali parol öylab, uni qurilmaga kiritadi va şu bilan fikrlarini oçiş yoki berkitişni özi boşqaradi. Tadqiqotçilar “chitty chitty bang bang” degan parolni sinagan va u 98 foiz holatda töğri işlagan.
Mutaxassislarning aytişiça, bu texnologiyaning klinik ahamiyati katta, negaki gapira olmaydigan bemorlar uçun muloqot imkoniyatini qayta tiklaş ularning hayot sifatini tubdan yaxşilaşi mumkin. Bundan taşqari, mazkur implantlarni kelajakda sun’iy intellekt bilan integratsiyalaşgan kommunikatsiya vositaci sifatida gaplarni turli tillarga avtomatik tarjima qiluvçi qurilma qilib işlatiş mumkin.
Biroq uşbu texnologiyaning keng tarqalişi bir qator etik va xavfsizlik masalalarini ham yuzaga keltiradi. Masalan, odamning şaxsiy fikrlari faqat özi xohlasa oçilişi, ma’lumotlar işonçli saqlanişi va bemor ruxsatisiz heç qanday signal yozib olinmasligi juda muhim. Şu sabab ularning maxfiylik qoidalarini aniq belgilab qöyiş zarur.

















