ÖzFA ma’lumotiga köra, yangi texnologiya issiqxona plyonkalariga maxsus nanokompozit zarraçalarni joylaştirişga asoslangan. Uşbu zarraçalar quyoş nurining kuçli ultrabinafşa qismini sörib, uni yumşoq infraqizil nurga aylantiradi. Natijada infraqizil nur tuproq va havoni samarali isitadi hamda issiqxona içidagi haroratni avtomatik ravişda tartibga solişga yordam beradi.

Issiqxonalarda ötkazilgan tajribalar quyidagi natijalarni körsatgan:

  • taşqi havo harorati –3…–7 °C bölgan şaroitda ham yangi plyonka qoplangan issiqxona içidagi harorat barqaror +5…+7 °C darajani taşkil etgan (oddiy plyonkalarda bu körsatkiç odatda 0…+2 °C atrofida);
  • qiş faslida qöşimça isitiş uskunalarisiz yoki minimal isitiş bilan işlaş imkoniyati vujudga keladi;
  • yozda esa aksinça, issiqxona içidagi harorat 6–9 °C ga pastroq bölib, ösimliklarni ortiqça qizib ketişdan himoya qiladi va stress holatini kamaytiradi.

Kuçaytirilgan infraqizil nur oqimi hisobiga fotosintez jarayoni tezlaşadi, ösimliklar esa 1,5–2 baravar tezroq ösişi kuzatilgan. Sinov natijalariga köra:

  • isitiş uçun energiya sarfi (gaz, kömir, mazut va boşqalar) 60–80 foizdan ortiq qisqaradi;
  • issiqxona xöjaligida yoqilği yoqilişi bilan boğliq ifloslantiruvçi gazlar atmosferaga deyarli çiqmaydi;
  • hosildorlik 35–50 foizgaça oşadi;
  • suğoriş suvi sarfi örtaça 30 foizga, maxsus gidrogellar qöllanganida esa 90 foizgaça kamayadi;
  • plyonkalarning mustahkamligi taxminan 3 baravar oşib, ularning xizmat muddati uzayadi va plastik çiqindilar miqdori kamayadi.

Olimlar ta’kidlaşiça, mazkur işlanma amalda issiqxonalar uçun “yaşil issiqlik” konsepsiyasini amalga oşiradi: energiya an’anaviy quvurlar yoki tutun trubalaridan emas, balki quyoş nurlaridan olinadi. ÖzFA xabarnomasida qayd etilişiça, texnologiyani mahalliy issiqxona xöjaliklariga joriy etiş qişloq xöjaligi mahsulotlarini barqaror va ekologik toza şaroitda yetiştiriş imkoniyatlarini kengaytiradi.