Rossiyada migrantlar uchun soliqni oshirish taklif etildi
Mamlakatda patent bilan ishlayotgan migrantlar uchun shaxsiy daromad solig‘i past ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: RIA Novosti
Rossiya liberal-demokratik partiyasi (LDPR) patent bilan ishlayotgan migrantlar uchun shaxsiy daromad solig‘ini (NDFL) 30 foizgacha oshirishni taklif qildi. Partiya raisi Leonid Slutskiy boshchiligidagi fraksiya deputatlari bu tashabbusni Davlat Dumasida ilgari surdi.
Ular bugungi kunda patent bo‘yicha ishlaydigan chet el fuqarolari uchun stavka 13 dan 22 foizgacha belgilanganini, bu boshqa barcha migrantlar uchun belgilangan soliqdan sezilarli darajada past ekanligini ta’kidlashdi.
LDPR soliq miqdorining oshirilishi budjetni to‘ldiradi va mablag‘lar hududlarni rivojlantirish va bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi, deb hisoblamoqda.
Leonid Slutskiy so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda migratsiya o‘sishi 568,5 ming kishini tashkil etgan va bu 1995 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Uning aytishicha, migrantlarning aksariyati yollanma yoki patent bo‘yicha ishlaydi, ularning daromadiga soliq esa barcha norezident jismoniy shaxslarga nisbatan 30 foiz miqdorida emas, balki progressiv soliq shkalasiga muvofiq belgilanadi.
«Natijada patent egalari davlat g‘aznasiga katta miqdordagi mablag‘ni kam to‘laydi. LDPR migrantlar Rossiyada soliq shaklida ko‘proq pul qoldirishi kerak, deb hisoblaydi. Shuning uchun partiya patent bo‘yicha ishlayotgan xorijliklarga nisbatan 30 foizlik soliq stavkasini qo‘llashning umumiy qoidasini kengaytirishni taklif qilmoqda», dedi Slutskiy.
Mavzuga oid

20:47 / 27.03.2025
Panama Rossiya va Eron «maxfiy floti»ga aloqador 128 ta kemadan ruxsatnomani qaytarib oladi

20:42 / 27.03.2025
Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishdan bosh tortdi

18:10 / 27.03.2025
Amerikalik vazir mashhur qamoqxonadan turib noqonuniy migrantlarga murojaat qildi

11:06 / 27.03.2025