«Birinchi imkoniyat» doirasida tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi
2028 yil 1 yanvarga qadar «Birinchi imkoniyat» tamoyili joriy etiladi va uning doirasida birinchi faoliyat yili davomida savdo va tadbirkorlik sohalariga oid ma’muriy huquqbuzarlikni ilk bor sodir etgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
«Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan:
- 2028 yil 1 yanvarga qadar kichik va o‘rta biznes sub’yektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy e’lon qilinadi;
- tadbirkorlik sub’yektlariga yangi tartibga solish vositalarini belgilashni yoki amaldagilarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan “yagona sanadan yangi qoidalar” tamoyili qo‘llanadi va ushbu normalarning kuchga kirish sanasi 1 yanvar yoki 1 iyul etib belgilanadi;
- 2028 yil 1 yanvarga qadar «Birinchi imkoniyat» tamoyili joriy etiladi va uning doirasida birinchi faoliyat yili davomida savdo va tadbirkorlik sohalariga oid ma’muriy huquqbuzarlikni ilk bor sodir etgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
2025 yil 1 sentabrdan boshlab quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beruvchi kichik va o‘rta biznes sub’yektlarining faoliyatini ixtiyoriy ravishda tugatishda soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi:
- oxirgi uch yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 10 milliard so‘mdan oshmagan;
- budjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan;
- «Xavfni tahlil qilish» elektron tizimida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past darajada tasniflangan.
Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tijorat banklari hamda venchur jamg‘armalar bilan birgalikda 2026 yil 1 aprelga qadar xorijdan 50 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni jalb qilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25
-
Saida Mirziyoyeva Ramazon hayiti bilan barcha o‘zbekistonliklarni tabrikladi
O‘zbekiston | 16:17
-
Qoidabuzarlarga tezkor imtihon, 100% ovoz olgan Emomali va daladagi turkmanlar – Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 16:01
-
Myanma va Tailanddagi kuchli zilzila oqibatlari - fotosuratlar
Jahon | 15:51
Mavzuga oid

19:17 / 25.03.2025
«Chempion» tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritish mezonlari belgilandi

16:11 / 20.03.2025
“O‘ziga ishongan ayollarga alohida hurmat bilan qarayman” - Saida Mirziyoyeva

16:11 / 19.03.2025
Elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi

12:03 / 19.03.2025