Suriyada internet butunlay uzilib qoldi
25 mart kuni tongida Suriya hududining barchasida internet aloqasi uzilgani haqida NetBlocks xalqaro internet monitoring xizmati xabar berdi.

Foto: AP
«Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Suriya bo‘ylab umummilliy internet o‘chishi qayd etildi», — deyiladi bayonotda. Xizmatga ko‘ra, bundan avval Suriyaning bir nechta shahrida telekommunikatsiya tizimlarida uzilishlar qayd etilgan, ammo ularning aniq qaysi shaharlar ekani ochiqlanmagan.
Bundan avval, yanvar oyida ham NetBlocks Suriyada bir necha soatlik internet uzilishlarini qayd etgandi. O‘shanda mamlakatning Aloqa vazirligi bu holatni «Bashar Asad rejimi qoldiqlari tomonidan sodir etilgan sabotaj» bilan izohlagan. Bu galgi internet o‘chishiga Suriya hukumati hali rasmiy izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad 2024 yil dekabri boshida qurolli muxolifat Damashqni egallaganidan so‘ng mamlakatni tark etgan edi.
2025 yil mart oyida Lataqiya, Tartus, Hama va Hums viloyatida Asad tarafdorlari bo‘lgan alaviylar bilan yangi hokimiyat o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlangan. Janglar oqibatida 1,3 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, shularning 1 mingdan ziyodi — tinch aholi vakillari. 10 mart kuni xavfsizlik kuchlarining reydlari yakunlangan.
Suriya Mudofaa vazirligi vakili Hasan Abdulg‘aniyning so‘zlariga ko‘ra, «hukumat xavfsizlik kuchlari Bashar Asad rejimi qoldiqlarini neytrallashtirishga va vaziyatni barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘lgan».
Shundan so‘ng yangi Suriya hukumati Rossiyaga murojaat qilib, panoh topgan Asadni ekstraditsiya qilishni talab qildi. Al Arabiya va Al Hadath manbalarining ma’lum qilishicha, respublika vaqtinchalik prezidenti Ahmad ash-Shar’a Asad ustidan sud o‘tkazish maqsadida uning qaytarilishini talab qilmoqda. Ammo Rossiya hozircha ushbu talabni qondirishdan bosh tortmoqda. Rasmiy Moskva bu masala «ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tiklashga to‘sqinlik qiluvchi murakkab muammo emas», deb hisoblamoqda.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijondagi masjidda ro‘y bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 22:12
-
Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya AQSh bojlariga qo‘shma javob tayyorlamoqda
Jahon | 21:50
-
Eron oliy rahbari agar AQSh zarba bersa, keskin javob qaytarilishini ma’lum qildi
Jahon | 21:38
-
WSJ: Trampning maslahatchisi Mayk Uols Signal messenjeri chatlarida Rossiya-Ukraina urushini muhokama qilgan
Jahon | 21:37
Mavzuga oid

16:50 / 30.03.2025
Alaviy, druz, xristian ayol. Suriyaning yangi hukumati tarkibiga kimlar kirdi?

00:55 / 28.03.2025
Tramp ma’muriyati Suriyadagi «Oq kaskalar» tashkilotini moliyalashtirishni qisman to‘xtatdi

21:56 / 25.03.2025
AQSh Suriyaga sanksiyalarni yumshatish uchun shartlar qo‘ydi

20:23 / 23.03.2025