Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi
Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelganlikda gumonlanmoqda.

Foto: Toshkent shahar FVB
Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida DXX tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining noqonuniy harakatlari fosh etildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu mansabdor shaxs o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan. U Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan binolarning eskiz loyihasini tasdiqlash, yong‘indan avtomatik tarzda xabar beruvchi qurilmalar bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni imzolash hamda yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan binolarni davlat qabul komissiyasiga foydalanishga topshirilishida ijobiy xulosa berish evaziga doimiy ravishda tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelgan.
Bunday obektlar ichida umumiy o‘rta ta’lim maktabi va tibbiyot muassasasi binolari ham bor.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Google bolalarga uy vazifalarida yordam beradigan sun’iy intellektini taqdim etadi
Fan-texnika | 18:15
-
Toshkentda mikroavtobuslarda o‘zini o‘zi band qiluvchi tarzida taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi
O‘zbekiston | 18:11
-
Saida Mirziyoyeva Parijda «Xudoybergan Devonov merosi» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 17:42
-
AQSh Alyaskani Rossiyaga qaytarish istiqbollarini muhokama qilmoqda
Jahon | 17:34
Mavzuga oid

19:45 / 05.11.2024
Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari 1 mln dollar bilan ushlandi

22:29 / 03.10.2024
Janubiy Koreya prezidenti rafiqasidan poraxo‘rlik ayblovi olib tashlandi

16:11 / 16.02.2024
Prezident Kogonda pora bilan qo‘lga tushgan prokuror haqida gapirdi

18:36 / 30.12.2023