Toşkentda FVB xodimi qamoqqa olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, DXXning Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi kiçik inspektori MÇJ rahbaridan 1,5 ming dollar olganda uşlangan.

FVB xodimi uşbu pulni hamkasblari orqali tumanda faoliyat yurituvçi korxona hududiga örnatilgan yonğin xavfsizligi jihozlarini qabul qiliş böyiça bayonnoma rasmiylaştirib beriş evaziga talab qilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora beriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toşkent şahrida FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor qölga olingandi.