DXX Call-markaziga murojaat qilgan Toşkent viloyatida yaşovçi fuqarodan, viloyat içki işlar xodimining öz xizmat vakolatini suiiste’mol qilgan holda korrupsion jinoyatlarni sodir etib kelayotgani xususida ma’lumotlar olindi.
Murojaatga köra, IIB xodimi Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210, 131, 135, 206, 207, 165-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergovda bölgan sobiq içki işlar xodimiga sud idoralaridagi tanişlari orqali yengilroq jazo tayinlanişida yordam beriş evaziga uning yaqin qarindoşlaridan 20 ming AQŞ dollari talab qilgan. Joriy yilning 16 may kuni DXX va IIV tezkor boşqarmalari hamkorligida ötkazilgan faol tadbir davomida, IIB xodimi 1995 yilda tuğilgan fuqaro «A.B.»dan 20 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida qölga olindi.
Yana bir holatda, joriy yilning 17 may kuni DXX tomonidan Boş prokuratura xuzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş Departamenti hamda IIV tezkor boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan faol tadbirda Toşkent viloyati Yangiyöl tumani içki işlar xodimi Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 103 va 112-moddalari bilan ayblanib, 8 yil 5 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumga jazo muddatini Toşkent şahar sudi mansabdor şaxslari imkoniyati orqali taftiş instansiyasida kamaytirib berişni va’da qilib, mahkumning tanişi «N.N.»dan 24 ming AQŞ dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida jinoyat ustida uşlandi.
Tadbir jarayonida uning yonidan advokatlik va hakamlik sudi sudyasi guvohnomalari hamda IIVning lavozimga tayinlaş töğrisidagi buyruği nusxasi topildi.
«Ta’kidlaş kerakki, uşbu xodim 2014 yilga qadar içki işlar idoralarida işlab, 2022 yildan esa, advokatlik faoliyati bilan şuğullanib kelgan. Joriy yilning aprel oyida unga yana bir bor imkoniyat berilib, içki işlar idoralariga qaytadan tiklangan. Afsuski, işga tiklanganligiga 2 oy bölmagan bu xodim korrupsion harakatlarni takroran sodir etgan», deyiladi DXX matbuot xizmati xabarida.
Har ikki holat yuzasidan taqdim etilgan materiallar asosida Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi va 28, 211-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















