Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
29 mart kuni Quyoshning qisman tutilishi yuz beradi
Astronomik hodisa O‘zbekistonda kuzatilmaydi.
Yevropa, G‘arbiy Afrika, Shimoliy Osiyo, AQSh shimoli-sharqida va Kanada sharqida yashovchilar Quyoshning qisman tutilishini ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Oyning soyasi Quyoshning faqat yarmini qoplaydi va u yarimoyga o‘xshab qoladi, deb xabar berdi Euronews.
Quyosh tutilishi Shimoliy va Janubiy Amerikaning aksariyat qismida ertalab sodir bo‘ladi. G‘arbiy Yevropa va Afrikada – ertalab, Sharqiy Yevropa va Shimoliy Osiyoda – tushdan keyin.
O‘zbekistonda Quyoshning qisman tutilishi kuzatilmaydi.
NASA ma’lumotlariga ko‘ra, Quyosh va Oy tutilishi yiliga to‘rtdan yetti martagacha sodir bo‘ladi. Oy orbitasining Yerga nisbatan qiyaligi tufayli bu tabiat hodisalari odatda juft tarzda sodir bo‘ladi. Misol uchun, mart oyining o‘rtalarida Oyning to‘liq tutilishi uni qizil rangga «bo‘yagan edi».
Sentyabr oyida Oyning navbatdagi to‘liq tutilishi va Quyoshning qisman tutilishini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
17:34 / 25.02.2026
28 fevralda o‘zbekistonliklar sayyoralar paradiga guvoh bo‘lishadi
10:08 / 08.09.2025
O‘zbekistonliklar to‘liq Oy tutilishiga guvoh bo‘ldi
21:53 / 05.09.2025
O‘zbekistonliklar 7 sentabrda Oy tutilishini tomosha qilishi mumkin
08:42 / 20.08.2025