Tayvan Xitoyning yirik kompaniyasini sanoat josusligida ayblamoqda
Aniqlanishicha, mikroelektronika vositalarini ishlab chiqaruvchi SMIC kompaniyasi Samoada yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, Tayvanda shu’ba korxonasini ochgan.

Foto: AFP
Tayvan Adliya vazirligi tergov byurosi Xitoyning chiplar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi SMIC kompaniyasiga qarshi o‘tkazilgan tergov to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, tergov 2024 yil dekabr oyida boshlangan va Xitoyning 10 ta kompaniyasini qamrab olgan. 2025 yil 18-27 mart kunlari byuroning 180 dan ortiq xodimlari 34 ta manzilda tintuvlar o‘tkazish va 90 kishini so‘roq qilishga jalb etilgan.
Tekshiruvlar davomida Xitoy kompaniyasi Samoada ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxsdan foydalanib, Tayvanda xorij investitsiyasi niqobi ostida shu’ba korxona ochgan. Aslida esa ushbu sxemadan tayvanlik mutaxassislarni yollashda foydalanilgan.
Tayvan Xitoy kompaniyalariga orolda tadbirkorlik faoliyatini olib borishni, jumladan, hukumatning rasmiy ruxsatisiz mahalliy mutaxassislarni ishga yollashni taqiqlaydi. Ammo Xitoy texnologik kompaniyalari Tayvanda vakolatxonalar ochib, o‘zlarini xorij yoki mahalliy firma sifatida tanishtirgani bilan bog‘liq ko‘plab holatlar aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, 2020 yildan beri Tayvan hukumati mahalliy mutaxassislarni noqonuniy ishga yollashga urinish bilan bog‘liq yuzlab Xitoy kompaniyalariga qarshi ish ochgan. Tahlilchilar fikricha, Xitoy kompaniyalari yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish sohasida ilg‘or texnologiyalarni qo‘lga kiritishga urinmoqda, chunki Xitoy AQSh sanksiyalari sabab G‘arb va Tayvan texnologiyalaridan qonuniy yo‘l orqali foydalana olmaydi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kanar orollarida o‘tkazilgan operatsiyada salkam 4 tonna kokain musodara qilindi
Jahon | 22:12
-
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi
Jahon | 22:08
-
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi
Jahon | 21:31
-
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025