Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ini o‘zining xAI kompaniyasiga sotdi
Kelishuv 33 milliard dollarga baholandi.

Foto: Mateusz Slodkowski/SOPA Images/LightRocket via Getty Images
Ilon Mask 28 mart kuni o‘zining sun’iy intellekt xAI kompaniyasi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ini 33 milliard dollarga sotib olganini ma’lum qildi.
Mask so‘zlariga ko‘ra, kelishuv natijasida «xAI qiymati 80 milliard dollarga, X esa 33 milliard dollarga (45 milliard dollar minus 12 milliard dollar qarz) baholanadi».
«xAI va X kelajagi bir-biriga bog‘langan. Bugun biz rasman ma’lumotlar, modellar, hisob-kitoblar, distributsiya va iste’dodlarni birlashtirish yo‘lida qadam tashlamoqdamiz», deb qo‘shimcha qildi Mask.
X va xAI vakillari jurnalistlarning so‘rovlariga javob bermadi, deb yozdi Reuters. Agentlikning ta’kidlashicha, kelishuvning ko‘plab tafsilotlari noma’lum, xususan, investorlarga qanday kompensatsiya to‘lanishi va X kompaniyasining rahbarlari yangi kompaniyaga qanday integratsiyalashuvi aniq emas.
Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Mask 2022 yil oktabr oyida Twitter egasiga aylandi va ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib oldi. Mask zararga ishlayotgan kompaniyani qayta qurmoqchi ekanini aytdi. 2023 yil aprel oyida Maskning «X corp.» kompaniyasi ijtimoiy tarmoqni qo‘shib oldi va uning nomi X deb o‘zgartirildi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25
-
Eron va AQSh Ummonda yadroviy kelishuv bo‘yicha ilk muzokaralarni o‘tkazdi
Jahon | 21:19
-
Yakuniy energotariflar, Tahoe defitsiti va $50 milliardga yaqin zaxira - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:10
Mavzuga oid

18:10 / 11.04.2025
Ilon Maskda muammolar: uning biznesi zarar ko‘rmoqda, Tramp bilan esa ilk kelishmovchilik chiqqan

18:28 / 10.04.2025
OpenAI Ilon Maskning «doimiy bosimlari» sabab sudga da’vo kiritdi

18:22 / 10.04.2025
Demokrat kongressmenlar Ilon Maskni ishdan olishni talab qildi

22:26 / 09.04.2025