Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Rutube bloklandi, hosting esa buni inkor etmoqda
Turkiyaning Texnologiya va aloqa kengashi reyestrida qayd etilishicha, Rutubeʼni bloklash to‘g‘risidagi qaror 25 fevral kuni qabul qilingan.
Mart oyi boshlarida Turkiyadan X ijtimoiy tarmog‘idagi bir nechta foydalanuvchi ham saytga kirish imkoni yo‘qligini bildirgan, deb yozadi «Mediazona».
RIA Novostining ma’lum qilishicha, saytga kirish Turkiyadagi turli mobil operatorlar va uy internet provayderlari orqali cheklangan.
TASS xabar berishicha, VPN orqali foydalanilganda Rutube Turkiya hududida odatdagi tartibda ishlaydi. VPN’siz holda saytga kirishga uringanda esa quyidagi xabar chiqadi: «Ulanish himoyalanmagan. Balki firibgarlar rutube.ru sayti orqali sizning ma’lumotlaringizni — parollar, xabarlar va kredit kartalari ma’lumotlarini o‘g‘irlashga urinayotgandir». Xavfsiz sahifaga o‘tishda esa saytga Turkiya regulyatori tomonidan blok qo‘yilgani haqida ma’lumot beriladi.
Bloklash haqidagi ma’lumot berilgan plashkada Rutube’ga kirish cheklangani sababi — saytdagi qimor o‘yinlarining reklama qilingani ekani aytiladi. «Noqonuniy bukmekerlik terrorizmni moliyalashtirish uchun foydalanilishi mumkin. Noqonuniy stavkalarga pul yuborish orqali o‘zingizni jinoiy holatga tushirib qo‘yishingiz mumkin», — deya «Mediazona» mazkur bildiruvni tarjima qilgan.
Rutube matbuot xizmati RT’ga bildirishicha, servis Turkiyada o‘z faoliyatini davom ettirmoqda va bloklash haqidagi ma’lumotlar «haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi». Kompaniya ta’kidlashicha, «qiyinchiliklar ehtimolan mahalliy provayderlar ishlash xususiyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin».
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026