Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 12:49 / 31.03.2025
3541
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 27 martdagi qarori bilan uchta xalqaro shartnoma tasdiqlandi.
Ular:
- 2024 yil 23 sentabr kuni Nyu-Yorkda imzolangan O‘zbekiston bilan Portugaliya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
- 2024 yil 24 sentabr kuni Nyu-Yorkda imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Slovakiya hukumati o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
- 2024 yil 27 sentabr kuni Toshkentda imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Hindiston o‘rtasida ikki tomonlama investitsiya bitimi.
Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas’ul etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda ularning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
14:42 / 20.05.2026
Yer ijarasi shartnomasini uzaytirishning yangi tartibi tasdiqlandi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026