Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi
“Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
Unda aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish tartibi tasdiqlandi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, aholi tomorqalari va ijara huquqi asosida ajratilgan yer maydonlarida ekin ekilishi ustidan nazorat:
- mahalla darajasida — “mahalla yettiligi” va “mahalla banklari”
- tuman darajasida — tuman (shahar) shtablari hamda tuman (shahar) hokimlarining tegishliligi bo‘yicha o‘rinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhlar;
- hudud darajasida — Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining hamda viloyatlar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ijara yer maydonlarida dehqon xo‘jaligi tomonidan ekish ishlari amalga oshirilmaganda (fors-major holatlari bundan mustasno) tuman (shahar) shtablari tomonidan yer maydonlarini ikkilamchi ijaraga berish choralari ko‘riladi. Bunda tijorat banklari, tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari tomonidan:
- kamida 40 gektar yer uchastkasida “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish bo‘yicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi;
- qolgan konturlardagi ijaraga olingan yer uchastkalarida mahsulot yetishtirishni tashkil etish uchun ishchi guruhlarga yetakchi tadbirkorlarni jalb qilgan holda loyihalar amalga oshirilishida ko‘maklashiladi.
“Mahalla yettiligi” xulosasiga asosan aholi tomorqalari va ijaraga olingan yer maydonlariga ekin ekmagan yoki samarasiz foydalanayotgan shaxslarga nisbatan quyidagi ta’sirchan choralar ko‘riladi:
- tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklariga davlat dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar berilmaydi;
- Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar to‘xtatiladi;
- “Onlayn mahalla” elektron platformasi ma’lumotlari asosida ekin ekilmagani aniqlangan yil uchun yer solig‘i stavkasi uch karra miqdorida hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pokiston mudofaa vaziri Hindiston armiyasining hujumini «muqarrar» deb atadi
Jahon | 00:58
-
Toshkentda Malibu YPX xodimini sudrab ketdi, Tracker esa chorrahani tartibga solayotgan inspektorni urib yubordi
O‘zbekiston | 00:24
-
Tramp amaldorlarga Signal messnejyeridan foydalanmaslikni tavsiya qildi
Jahon | 00:13
-
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi
Jamiyat | 23:32 / 28.04.2025
Mavzuga oid

13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

12:05 / 05.04.2025
Tomorqa uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha choralar tasdiqlandi

17:02 / 02.04.2025
Yetakchi tadbirkorlar aholi tomorqasiga sifatli urug‘ va ko‘chat yetkazib beradi

16:12 / 31.03.2025