Turkiyada shvetsiyalik jurnalist terrorchilik ishi bo‘yicha hibsga olindi
Turkiya jurnalist Yoakim Medinni terrorchi guruhga a’zolikda va «prezidentni haqorat qilishda» aybladi. Rasmiylar uning hibsga olinishi jurnalistik faoliyati bilan bog‘liq emasligini aytyapti.

Foto: Dagens ETC
Turkiya hukumati shved jurnalisti Yoakim Medinga qarshi ayblovni ilgari surdi, u shu haftaning boshida mamlakatga Istanbul meri Akrom Imomo‘g‘li qamoqqa olinganidan keyin boshlangan umummilliy norozilik namoyishlarini yoritish uchun kelganida qo‘lga olingandi. Shvetsiyaning Dagens ETC gazetasi muxbiri Medin «qurolli terrorchilik tashkilotida ishtirok etish» va «prezidentni haqorat qilish»da ayblanib hibsga olindi, deb xabar qildi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning idorasi 30 mart, yakshanba kuni.
Medin 27 mart kuni Istanbul aeroportida qo‘lga olingan va ertasi kuni qamoqqa joylashtirilgan. Turkiya prezidenti ma’muriyati qoshidagi dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi bayonotida aytilishicha, Medin go‘yoki «aksilturk yangiliklari va Kurdiston ishchilar partiyasi terrorchilik tashkilotiga yaqinligi bilan tanilgan». Uni hibsga olish to‘g‘risidagi qaror jurnalistik faoliyati bilan bog‘liq emas, deya ta’kidladi departament.
Turkiya rasmiylariga ko‘ra, Medin matbuot va Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi o‘rtasida aloqa o‘rnatgan. Bundan tashqari, jurnalist 2023 yil 11 yanvar kuni Stokholmda Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlarining mitingida ishtirok etgan 15 nafar gumonlanuvchi orasida. Xabar qilinishicha, uning ishtirokchilari Erdo‘g‘anning manekenini ko‘tarib, uning «osilishi»ni sahnalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi

09:54 / 04.06.2025
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

00:40 / 03.06.2025