Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida hozirgi siyosiy-tarixiy sharoitlarda Yevropa Ittifoqi yuzlashayotgan chaqiriqlar haqida so‘z yuritdi.
— Bugun Yevropa Ittifoqi uchta muammoning ichida qolgan. Sharqda – dunyo tartibotini qayta ko‘rib chiqish uchun urush boshlagan Rossiya. G‘arbda – Amerika hokimiyatiga Donald Trampning kelishi. Tramp keyingi 80 yil davomida, ya’ni 1945 yildan shakllangan tartibotga rioya qilmayapti. Shu paytgacha dunyo tartibotining asosiy homiysi, himoyachisi Amerika bo‘lgan bo‘lsa, bugun dunyo tartibotining eng katta buzg‘unchisi Donald Trampning o‘zi.
Uchinchisi – Yevropaning ichkarisidagi ultra o‘nglar: ultramillatchilar, ksenofoblar va islomofoblar. Tramp hokimiyati allaqachon ularga stavka qila boshlagan. Ular Yevropadagi siyosatchilarni “millatchilarga, ksenofoblarga, islomofoblarga imkoniyat bermayapsizlar, demokratiyani o‘zlaring buzyapsizlar” deb tanqid qilyapti. Ular buni yashirmaydi. Pentagon rahbari Pit Hegsetning qo‘liga (arab tilida) “kofir” deb yozib olgani, Ilon Maskning Hitlernikiga o‘xshash qo‘l ishoralari...
Donald Tramp ikkinchi marta hokimiyatga kelganda, uzoq muddat o‘yladi. Birinchi prezidentligi vaqtida ma’muriyati barqaror bo‘lmagandi. Bu safar juda ham barqaror va bu safar aynan Trampning tafakkuridagi odamlar kelgan.
Yevropa bugun shu uchta muammoning qurshovida, juda murakkab vaziyatda turibdi. Qit’aning xavfsizligi Amerikaga, energetikasi Rossiyaga bog‘langan edi. Xitoy bilan esa savdo-iqtisodiy hamkorlik ancha chuqur. Hozir uchala tomon ham beqaror, uchalasi ham muammoli. Shu fonda Yevropa Ittifoqi o‘z taqdirini o‘zi qo‘l olishga harakat qilyapti.
Evropa Ittifoqi – konfederatsiya. U yerda ikkita siyosiy katta yirik kayfiyat bor. Fransiya va Germaniya bugun lider bo‘lishga tayyor. Hatto Breksit orqali chiqib ketgan Britaniya ham “Yevropa Ittifoqi bilan bundan keyin birga bo‘lmasak bo‘lmas ekan” degan xulosaga kelib bo‘ldi. Ikkinchi guruh esa – Amerikaga oriyentir olgan davlatlar. Ular Fransiya, Germaniya yoki Angliya AQShning o‘rnini bosa olishiga ishonmaydi.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarini o‘qishga qabul qilishni taqiqladi
Jahon | 00:39
-
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 23:48 / 22.05.2025
-
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘irlik sodir etdi
Jamiyat | 23:34 / 22.05.2025
-
“Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar” - ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida
Jahon | 23:21 / 22.05.2025
Mavzuga oid

23:21 / 22.05.2025
“Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar” - ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida

21:04 / 22.05.2025
Fransiyalik fermer qiymati 4 mlrd yevrolik oltin konini topib oldi

15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?

10:48 / 22.05.2025