Microsoft Windows’dagi ko‘k rangli “o‘lim ekrani”dan voz kechadi

Foto: Microsoft
Microsoft korporatsiyasi Windows 11 operatsion tizimida qurilma ishlamay qolganda paydo bo‘ladigan ko‘k “o‘lim ekrani”dan (Blue Screen of Death, BSoD) voz kechishini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi.
Endi muammolar yuzaga kelganda foydalanuvchilarga yashil rangli ekran ko‘rsatiladi. Ta’kidlanishicha, yangilangan interfeys Windows 11 dizayn tamoyillarini yaxshiroq aks ettiradi va asosiy vazifani — kompyuterga kirishni imkon qadar tezroq tiklashni bajaradi.
Yangilangan interfeysda ilgari ko‘k “o‘lim ekrani”da aks ettirilgan emoji va QR-kod ham bo‘lmaydi. Endi yashil fonda faqat foizlar va “Qurilmangiz-muammoga duch keldi va qayta ishga tushirilishi lozim” degan yozuv chiqadi.
Ma’lum qilinishicha, ekranning qora versiyasi ham sinovdan o‘tkazilgan, biroq u Windows yangilanish markazining foniga o‘xshab ketgani sababli maqbul ko‘rilmagan.
Ko‘k “o‘lim ekran” ilk bor 1990 yilda Windows 3.0 operatsion tizimida paydo bo‘lgandi. Yillar davomida u tizimning ishlamay qolishi haqida xabar berishning eng mashhur va yoqimsiz usullaridan biriga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida giyohvand moddalar iste’mol qilgan
Jahon | 09:00
-
Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
O‘zbekiston | 08:28
-
Bryanskda yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor
Jahon | 05:14
-
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
Sport | 01:49