Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Putin o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni bajaradi
Jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida AQSh prezidenti Putinning Trampga bergan va’dasini bajarish niyatiga ishonchi komil ekanligini aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha «kelishuvning o‘ziga tegishli qismini» bajarishiga ishonmoqda. «Men u bajarishiga ishonch hosil qilishni xohlayman. O‘ylaymanki, u menga aytganini qiladi va kelishuvning o‘z qismini bajaradi», dedi u 31 mart, dushanba kuni Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuv chog‘ida.
Shu bilan birga, Tramp kerak bo‘lsa, Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirishga tayyor ekanligini ta’kidladi: «Men uning neftiga ikkilamchi bojlarni joriy etmoqchi emasman. Ammo u yaxshi ish qilmayapti deb o‘ylasam, buni qilgan bo‘lardim».
Bundan tashqari, Amerika yetakchisi Kiyev bilan foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvga izoh berdi, u Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni bir kun avval uni buzishga uringanlikda aybladi.
«Men ular bilan (Ukraina) hali gaplashganim yo‘q, lekin sizlar (jurnalistlar) orqali ular hozir: «Xo‘sh, agar biz NATOga yoki shunga o‘xshash narsaga kirsak, men bu kelishuvga boraman» deyishayotganini eshitdim. Birinchidan, bu hech qachon muhokama qilinmagan. Putindan ancha oldin ular (Rossiya) NATOga kirmaysizlar, deb aytgan», — dedi u.