Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi
Sud Botir Qodirovni o‘z ijodida «Davlating borida», «Omonat» va «Tingla do‘stim» nomli she’rlardan huquq egasi ruxsatisiz hamda mualliflik haqini to‘lamasdan foydalangan deb topdi. Adliya vazirligiga shikoyat qilgan shoir Shamsiddin To‘rayev xonandadan BHMning 1000 baravarigacha tovon talab qilishi mumkin.

Xalq orasida «Shamsiddin Sadoiy» taxallusi bilan tanilgan shoir Shamsiddin To‘rayev xonanda Botir Qodirov ustidan Adliya vazirligiga shikoyat qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Adliya vazirligi shoirning murojaati asosida xonanda Botir Qodirov tomonidan «Davlating borida», «Omonat» va «Tingla do‘stim» nomli she’rlari huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan foydalanilganini aniqlagan.
Holat yuzasidan huquqbuzar xonandaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-1-moddasi – «Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish» ma’muriy huquqbuzarligi yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan MJtK 177-1-moddasi birinchi qismi bilan BHM 5 baravari miqdorida – 1 million 875 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Ma’lum qilinishicha, avvalroq shoir Shamsiddin To‘rayevning «Ishqingda kuygan» she’rini xonanda Yulduz Turdiyeva ham uning ruxsatisiz kuylab kelgan. Shoir adliya vazirligiga murojaat qilgach, tomonlar kelishuvga erishgan.
Adliya vazirligining eslatishicha, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi qonunning 65-moddasiga ko‘ra, muallif yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha (375 million so‘m) tovon to‘lashni talab qilishga haqli.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes-tur tashkillashtirdi
O‘zbekiston | 11:00
-
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 10:53
-
Britaniyalik taniqli yozuvchi Frederik Forsayt vafot etdi
Jahon | 10:49
Mavzuga oid

19:19 / 25.03.2025
«Birinchi imkoniyat» doirasida tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi

21:37 / 26.02.2025
Qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanishi ta’minlanadi

17:05 / 20.02.2025
Qashqadaryoda o‘quvchi o‘qituvchiga hamla qildi

16:36 / 17.01.2025