O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan «Ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini, portlovchi materiallar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish hamda o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini topshirganlik uchun taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi
Qurol va uning o‘q-dorilarini topshirishning quyidagi tartibi belgilanmoqda:
- jismoniy shaxs ichki ishlar organiga yoki profilaktika inspektoriga murojaat qiladi va qurolni va (yoki) uning o‘q-dorilarini topshiradi;
- shu kunning o‘zida ichki ishlar organi qurolni (o‘q-dorilarni) qabul qilib oladi va qurol (o‘q-dorilar) hisobini yuritish uchun kvitansiya rasmiylashtiradi;
- shundan so‘ng ichki ishlar organlarining mas’ul bo‘linmalari tomonidan tegishli tekshiruvlar (tergovga qadar tekshiruv, ballistik ekspertiza, bazalar bo‘yicha tekshiruv) o‘tkaziladi;
- tegishli komissiya arizachini taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qurol yoki o‘q-dorilarni ixtiyoriy topshirganlik uchun BHMning 5 dan 500 foizigacha miqdorda mukofot ko‘zda tutilgan, xususan:
- soyli stvolli o‘qotar qurolning, kombinatsiyalangan (soyli stvolli va silliq stvolli) o‘qotar qurol uchun – BHMning 500 foizi;
- silliq stvolli o‘qotar qurol uchun– BHMning 400 foizi;
- stvolsiz o‘qotar qurol (patron gilzasi stvol sifatida foydalaniladigan qurol) uchun – BHMning 300 foizi;
- pnevmatik qurol uchun – BHMning 100 foizi;
- tig‘li sovuq qurol (rapiralar, shpagalar va qilichlar)ning, uloqtirish quroli (kamonlar, arbaletlar va nayzalar)uchun – BHMning 50 foizi;
- elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi ta’siri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalari uchun– BHMning 30 foizi;
- signal beruvchi qurol uchun – BHMning 25 foizi;
- gazli qurol (ko‘zdan yosh oqizadigan yoki achishtiradigan moddalar bilan to‘ldirilgan gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar) uchun – BHMning 15 foizi;
- patron uchun – BHMning 5 foizi;
- stvol, zatvor, o‘qdon (baraban), ramka, stvol qutisi uchun – BHMning 75 foizi.
Agar qurol shikastlangan bo‘lsa, mukofot miqdori ikki baravar kamayadi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«O‘zbektelekom» AJ Humans mobil operatori bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi
O‘zbekiston | 13:00
-
Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi
O‘zbekiston | 12:52
-
Qatar bilan yoshlar malakasini oshirish loyihalari ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 12:50
-
Germaniya boshpana berishni rad etish tartibini soddalashtiryapti
Jahon | 12:36
Mavzuga oid

15:05 / 29.05.2025
Germaniya: Kiyev bilan birgalikda qurol ishlab chiqarish tez orada boshlanadi

09:10 / 24.05.2025
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun mukofot puli miqdori oshirildi

13:37 / 17.05.2025
Ukraina xorijdan qurol xaridlarida 770 mln yo‘qotdi

18:28 / 15.05.2025