Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Parijda «Xudoybergan Devonov merosi» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
Uning ta’kidlashicha, parijliklar ulkan arxivning bir qismi bo‘lgan ushbu fotokolleksiyadagi ko‘plab suratlarning ilk tomoshabiniga aylanishadi. Mazkur noyob suratlar ilgari na mamlakatimizda, na xorijda namoyish etilgan.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Fransiya poytaxti Parij shahrida «Zamonlar osha nigoh: Xudoybergan Devonov merosi» fotoko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva va birinchi xonim Ziroatxon Mirziyoyeva ko‘rgazmaga tashrif buyurdi.

«Biz doim jahon hamjamiyatiga mamlakatimizni o‘ziga xos rakurslarda ko‘rsatishga, yurtimizning kutilmagan qirralarini namoyish etishga harakat qilamiz. Har bir tadbir odamlarda chinakam qiziqish uyg‘otadi — ular O‘zbekistonni o‘zlari uchun yangidan kashf etishadi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva ko‘rgazma haqida.

«Mana, bugun Parijni «Zamonlar osha nigoh: Xudoybergan Devonov merosi» ko‘rgazmasiga taklif qilmoqdamiz. Ko‘rgazma Markaziy Osiyodagi birinchi professional fotograf va kinotasvirchi, yurtimizdagi ilk foto va video laboratoriya asoschisi tomonidan olingan 34 ta noyob kadrdan iborat. Bu — madaniy o‘zligimizni ifoda etuvchi tashabbuslardan biri, qadriyatlarimiz va an’analarimizni anglash uchun bebaho tarixiy manba», deb qo‘shimcha qildi u.

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, parijliklar ulkan arxivning bir qismi bo‘lgan ushbu fotokolleksiyadagi ko‘plab suratlarning ilk tomoshabiniga aylanishadi. Mazkur noyob suratlar ilgari na mamlakatimizda, na xorijda namoyish etilgan. Ularda o‘tmishning betakror lahzalari — Xorazmning kundalik hayoti, urf-odatlari, me’morchiligi va odamlar turmushi aks etgan.
«Ekspozitsiya tariximizning noyob sahifalarini ochib beradi, madaniy merosimiz naqadar rang-barang va boy ekanini namoyon etadi», dedi Saida Mirziyoyeva.
Mavzuga oid
13:21 / 31.01.2026
Fransiya Rossiyaning “soya floti” tankerini qo‘yib yuboradi
10:10 / 29.01.2026
Fransiyada Grinch tankeriga nisbatan cheklov joriy etildi
08:52 / 27.01.2026
Fransiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
09:32 / 26.01.2026