Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmadagi zilzila: 3 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi
Myanmada zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 3085 kishiga yetdi.
Myanmadagi vayronkor zilzila qurbonlari soni 3084 kishiga yetdi, yana 4715 kishi jarohat oldi. Bu haqda Myanma harbiy xuntasi 3 aprel, payshanba kuni ma’lum qildi. Mamlakatda 1 apreldan boshlab bir haftalik motam e’lon qilindi.
Zilziladan uch kun o‘tib, binolar vayronalari ostida qolganlarni tirik holda topishga umid deyarli yo‘q, deb yozadi AFP agentligi. Qutqaruv ishlari issiq havo tufayli murakkablashmoqda, havo harorati 40 darajagacha ko‘tarilmoqda.
Zilzila episentriga yaqin joylashgan Mandalay shahrida jazirama qurbonlar jasadlarining parchalanishini tezlashtirdi, bu ularning shaxsini aniqlashni qiyinlashtirishi mumkin, deya qayd etadi agentlik.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) fuqarolar urushi avj olgan mamlakatda kasallikning tarqalish xavfi tufayli favqulodda holatning eng yuqori darajasini e’lon qildi.
JSSTga ko‘ra, Myanmada hayotiy muhim yordam taqdim etish, kasalliklar tarqalishining oldini olish va asosiy tibbiy xizmatlarni tiklash uchun zudlik bilan 8 million dollar (7,4 million yevro) kerak.
Myanma harbiy rahbari Min Aun Xlayn «har bir davlat, har bir tashkilotdan» yordam so‘ragan. Ilgari mamlakat harbiy ma’muriyati hatto yirik tabiiy ofatlar yuz bergan taqdirda ham xalqaro yordamdan bosh tortgandi, deb ta’kidlaydi AFP.
Mavzuga oid
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
10:39 / 24.04.2026
Dunyodagi opiy va geroin eng ko‘p tayyorlanadigan joy - giyohvand moddalar makoni bo‘lgan Oltin uchburchak
10:26 / 04.04.2026
Myanma harbiy xuntasi rahbari prezident etib saylandi
09:07 / 31.03.2026