Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
Tramp tomonidan joriy qilingan tariflarga qarshi javob choralari va’da qilindi.

Foto: Reuters
Xitoy AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy qilingan yangi boj tariflariga norozilik bildirdi.
Xitoy Savdo vazirligi bayonotida Pekin bu qarorga qat’iyan rozi emasligini va o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qat’iy qarshi choralar ko‘rish niyatida ekanligi ta’kidlanadi.
«Qo‘shma Shtatlarda «o‘zaro tariflar» deb ataladigan siyosat sub’yektiv va bir tomonlama baholashga asoslangan va xalqaro savdo qoidalariga mos kelmaydi. Bu bir tomonlama iqtisodiy majburlash namunasidir. Bunday harakatlar nafaqat Qo‘shma Shtatlarga zarar yetkazadi, balki jahon iqtisodiyoti rivojlanishi va ta’minot zanjirlari barqarorligiga tahdid soladi», deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, Xitoy tomoni Amerika Qo‘shma Shtatlari «o‘zaro» bahonasida barcha savdo hamkorlari uchun tariflarni oshirganini va shu bilan ko‘p yillik savdo muzokaralari davomida erishilgan manfaatlar muvozanatini e’tiborsiz qoldirganini ta’kidladi.
«Tarix bojlarni oshirish Amerika muammolarini hal qilmasligini isbotlaydi. Savdo urushlarida g‘oliblar yo‘q, proteksionizm esa yechim emas», deyiladi bayonotda.
Xitoy Qo‘shma Shtatlarni bir tomonlama tarif choralarini bekor qilishga va savdo hamkorlari bilan kelishmovchiliklarni teng muloqot orqali hal qilishga chaqirdi.
AQSh Xitoy tovarlariga 34 foizlik boj joriy qildi. AQSh prezidenti Donald Tramp 4 apreldan boshlab boshqa davlatlarga «o‘zaro tariflar» qo‘llashni boshlashini ma’lum qildi. Asosiy tarif stavkasi 10 foizdan ortiq bo‘ladi, qo‘shimcha bojlar esa barcha cheklovlar, shuningdek, nohaq raqobat ko‘rinishlarini hisobga olgan holda mamlakatga qarab joriy etiladi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi ham AQSh tariflariga qarshi choralarni tayyorlamoqda. Bu haqda Yevrokomissiya (YeK) prezidenti Ursula fon der Lyayyen aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning barcha mamlakatlar, jumladan, Yevropa Ittifoqi tovarlariga bojlar joriy etish haqidagi qarori jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba beradi.
YeK rahbarining eslatishicha, YeI har doim AQSh bilan savdo to‘siqlarini bartaraf etish bo‘yicha muzokaralarga ochiq.
«Shu bilan birga, biz qarshi choralar ko‘rishga tayyormiz. Biz po‘lat tariflariga javoban birinchi paketni tayyorlamoqdamiz. Agar muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda biz o‘z manfaatlarimiz va biznesimizni himoya qilish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarni tayyorlayapmiz», dedi u.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AEXA Suriyadagi yadroviy inshootlarni tekshirishga ruxsat oldi
Jahon | 14:42
-
O‘zbekiston va Yaponiya vizani liberallashtirish masalasini o‘rganmoqda
O‘zbekiston | 14:21
-
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari
Jahon | 13:53
-
AQSh Ta’lim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi
Jahon | 13:44
Mavzuga oid

13:44
AQSh Ta’lim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi

11:52
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

09:41
RFda sudlangan amerikalik Tater Rossiyani tark etdi

08:26