Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublikaning ayrim hududlari jadal kompleks rivojlantiriladi
“Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib 16 ta tuman (shahar)da quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔸sanoat ishlab chiqarishi hajmi o‘rtacha 7–8 foizga, bozor xizmatlari hajmi 15–17 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hajmi 4–5 foizga barqaror o‘sishini ta’minlash;
🔸ishsizlik darajasini 4–5 foizga, kambag‘allik darajasini 5–6 foizga pasaytirish, bunda Qo‘ng‘irot, Asaka, G‘allaorol, Denov tumanlari hamda Marg‘ilon shahrini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish.
Quyidagi loyihalar ishlab chiqiladi, jumladan:
🔹2025 yil 1 iyulgacha tuman (shahar)larni jadal kompleks rivojlantirish dasturlari doirasidagi tuman (shahar)lar markazlarining ishlab chiqilganiga 10 yildan ortiq muddat bo‘lgan bosh rejalarini 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservatsiya) zonalarga ajratib, soddalashtirilgan tartibda hamda aholi va tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda yangilangan bosh reja loyihalari;
🔹Asaka, G‘ijduvon, G‘allaorol, Xatirchi, Chortoq, Sirdaryo, Denov, Quva, Shovot tumanlari va Yangiyo‘l shahri markazlari va ularga tutash hududlarda aholi va sayyohlarning yashashi, dam olishi va sayr qilishi hamda xizmatlar va boshqa yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan master reja loyihalari;
🔹Xatirchi, Quva va Chortoq tumanlarida turizm yo‘nalishidagi master reja loyihalari.
2026 yil 1 yanvargacha dastur doirasidagi tuman (shahar) hokimliklarida huquqiy eksperiment tariqasida “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” yangicha yondashuvi asosida loyiha ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026