“Yosh kitobxon” tanlovining 2024-2025 yilgi mavsumi g‘oliblari aniqlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatda kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida har yili o‘tkazish an’anaga aylangan mazkur tanlovning bu yilgi mavsumida barcha yosh toifasida qizlar birinchilikni qo‘lga kiritdi. Ular BYD Chazor elektromobillari bilan taqdirlandi.

Foto: Yoshlar ishlari agentligi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazib kelinadigan “Yosh kitobxon” tanlovining 2024-2025 yilgi mavsumi g‘oliblari aniqlandi.
Alisher Sa’dullayevning ma’lum qilishicha, bu safargi mavsumda barcha yosh toifasida birinchilikni qizlar qo‘lga kiritgan.
“Bu qizlarga berilayotgan e’tibor, ularning bilimga chanqoqligi va kitobga bo‘lgan qiziqishi qanchalik ortganligining belgisi” deb yozdi u.
Shuningdek, g‘oliblar haqida ham ma’lumot berildi:
• Dilbarxon Haydarova — Toshkent shahar Bo‘z mahallasidan 10-14 yosh toifasi g‘olibi. Otasi Bo‘ronov Firuzbek, hisobchi.
• O‘g‘iljayron Xaldurdiyeva — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani Kaltaminor mahallasidan 15-19 yosh toifasi g‘olibi. Otasi So‘yunov Abajan, dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.
• Maftuna Ochilova — Xorazm viloyati, Nurli hayot mahallasidan 20-30 yosh toifasi g‘olibi. Onasi Ochilova Dildora, nafaqada.
G‘oliblarning har biriga Prezident sovg‘asi — BYD Chazor elektromobillari tantanali ravishda topshirildi.
Bundan tashqari, tanlovda ikkinchi o‘ringa — 75 mln so‘mdan, uchinchi o‘ringa — 50 mln so‘mdan, final bosqichi ishtirokchilarining barchasiga esa 10 mln so‘mdan pul mukofotlari berildi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sirtdan qamalgan prezident, hayit oldidan go‘shtga reyd va qimmatlab ketgan kartoshka
Jahon | 14:04
-
Los-Anjyelesda migratsiya xizmati reydlari tufayli norozilik namoyishlari avj oldi
Jahon | 13:27
-
Rossiya Xarkiv bo‘ylab urush davridagi eng yirik zarbani yo‘lladi
Jahon | 12:54
-
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda
Jamiyat | 12:30
Mavzuga oid

17:35 / 27.04.2024
«Cobalt’ni turmush o‘rtog‘imga sovg‘a qildim» – kitobxonlik tanlovida yutgan yosh ona hikoyasi

13:24 / 05.03.2024
8-sinf o‘quvchisi kitob o‘qib dadasiga Cobalt sovg‘a qildi – u buni qanday uddaladi?

18:26 / 09.04.2021
«Yosh kitobxon» tanlovi respublika bosqichi g‘oliblariga mukofotlar topshirildi

18:52 / 11.04.2019