Samarqandlik Nargiza Muhammadiyeva “Yoş kitobxon” tanlovida birinçi örinni egalladi. Unga prezident sovğasi – Cobalt avtomaşinasi sovğa qilindi. Xöş, bu yoş kitobxon qiz bir kunda qança vaqtini kitob uçun sarflaydi, uning eng asosiy motivatori kim? Nargizaning yaqinlari Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ğalaba yölidagi sinovlar, mağlubiyatlar, hadiklar haqida gapirib berdi.

Nargiza Muhammadiyeva Jomboy tumanidagi 12-umumta’lim maktabida öqiydi. U qirqdan ortiq badiiy-ommabop kitoblarni öqib çiqdi va “Yoş kitobxon” tanlovining 10-14 yoş toifasida birinçi örinni egalladi.

Biz Nargiza bilan suhbatlaşar ekanmiz, u dunyoqaraşi, muloqot va nutq madaniyati jihatdan allaqaçon tengdoşlaridan ilgarilab ketganini payqadik.

“Men mağlubiyatga ham tayyor edim. Bugungi natijamga qadar köp urindim. “Yoş kitobxon” tanlovining viloyat, respublika bosqiçida iştirok etdim. Bir neça marta mağlub böldim. Nasib qilgan ekan, mana, şu yilda tanlovda mutlaq ğoliblikni egalladim. Uşbu muvaffaqiyatimda hamişa qöllab turgan ota-onamga, ustozlarimga minnatdorçilik bildiraman. Bu natija bilan töxtab qoliş niyatim yöq.

Tanlovga tayyorgarlik jarayonida boşqa fanlarda biroz qolib ketdim. Endi qolgan fanlarimni ham yaxşi özlaştirib olmoqçiman. Matematika, ingliz tili fanlariga qiziqaman. Uşbu fanlarga alohida e’tibor qilib, öz bilimlarimni rivojlantirişni maqsad qilyapman. Kitoblar hayotning barça sinovlari, qiyinçiliklarida ham töxtab qolmaslikni örgatdi”, – deydi Nargiza Muhammadiyeva.

Ma’lum bölişiça, Nargizaning tanlovlarda iştirokini ta’minlaş, unga zarur kitoblarni topib berişda otasi Ölmas Murodovning xizmati katta. Buni nafaqat Nargizaning özi, balki bu oilani yaqindan bilganlar ham e’tirof etdi. Otasi qizini hamişa ruhlantirib kelgan, işonç bildirgan.

“Farzandlarimizga bergan e’tiborimiz uçun qandaydir moddiy manfaat kutiş notöğri deb hisoblayman. Ayrimlar qizimning bilimi uçun berilgan avtomaşina bilan meni qutlaşdi. Töğri, rağbat insonga kerak. Ammo haqiqiy rağbat qizimning öqigan kitoblari orqali uning miyasiga qabul qilgan xulosada deb bilaman. Uning dunyoqaraşi, bilimini qandaydir moddiylik bilan almaştirib bölmaydi. Bundan keyin ham farzandlarimning ilm egasi bölişi uçun harakatni töxtatmoqçi emasman”, – deydi Ölmas Murodov.