O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1 maydan 200 kWhʼdan 500 kWhʼgacha elektr energiyasiga 1000 so‘mdan emas, 800 so‘mdan to‘lanadi.

Foto: electric-house.ru
Vazirlar Mahkamasining «Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish haqida» 194-son qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Energetika vazirligi.
Qaror bilan, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishi muddati 1 apreldan 1 may sanasiga ko‘chirildi.
Qolaversa, 201 kWhdan 1000 kWhgacha bo‘lgan differensiallashgan tarif bo‘yicha iste’mol miqdori orasiga yangi miqdor kiritilmoqda. Ya’ni 2025 yil 1 maydan e’tiboran aholi iste’molchilari 201 kWhdan 500 kWhgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kWh uchun 800 so‘mdan to‘laydi (shu paytgacha 201 kWhdan 1000 kWhgacha bo‘lgan qismi uchun 900 so‘mdan haq to‘langan).
Bundan tashqari, qaror bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1 maydan bir marotaba yillik inflatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10 foizdan yuqori bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilib borilishi belgilanmoqda.
Qayd etish lozim, narxlar har yili oshirilishi haqidagi band hukumatning o‘tgan yilgi boshqa bir qaroriga muvofiq emas. Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 iyundagi 337-son qarori bilan, 2026 yildan 2035 yilgacha bo‘lgan davrda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tasdiqlangan yangi tariflar kiritilgan taqdirda, bu tariflar kamida uch yil amal qilishi ko‘zda tutilgan edi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi
Fan-texnika | 20:05
-
Qamchiq dovonida sel tufayli yo‘lning bir qismi yopildi
Jamiyat | 19:45
-
Mask Trampni obro‘sizlantiruvchi postini o‘chirib tashladi
Jahon | 19:30
-
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi
Jahon | 19:16
Mavzuga oid

17:39
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi

16:33 / 06.06.2025
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

09:02 / 04.06.2025
Jamshid Qo‘chqorov – energotariflar oshishi, iqtisodiy o‘sish va tashqi qarzlar haqida

15:18 / 02.06.2025