Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ChatGPT O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
ChatGPT chatboti va DALL-E raqamli tasvirlarni yaratish modeli ishlab chiquvchisi bo‘lgan OpenAI sun’iy intellekt kompaniyasi O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.
Foto: Shutterstock
OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniya sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi xabar berdi.
«ChatGPT (Chat generative pre-trained transformer) sun’iy intellekt chatboti va DALL-E raqamli tasvirlarni yaratish modeli ishlab chiqaruvchisi Amerikaning OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda QQS soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi”, deyiladi inspeksiya xabarida.
Ayni paytda ChatGPT’ning o‘zbekistonliklar uchun 3 xil versiyasi mavjud: bepul, 20 dollarlik Plus va 200 dollarlik Pro. Kompaniyaning rasmiy soliq to‘lovchi sifatida ishlashni boshlashi narxlarga qanday ta’sir qilishi hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy internet-kompaniyalari soni 67 taga yetdi. 2025 yil boshidan beri jami 7 ta kompaniya soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Mavzuga oid
01:16 / 07.03.2026
OpenAI kompaniyasi GPT-5.4 modelini taqdim etdi
15:44 / 20.02.2026
OpenAI rahbari sun’iy intellektni zudlik bilan global tartibga solishga chaqirdi
22:42 / 18.01.2026
ChatGPT’da reklama paydo bo‘ladi
17:56 / 08.01.2026