Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning beshta tumanida issiqlik tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkaziladi
Shu bois ayrim hududlarda issiq suv haroratining vaqtincha pasayishi kuzatilishi mumkin.
«Toshkent issiqlik markazi» OAJ tashabbusi bilan 10 aprel kuni IM-1 va IM-10 qozonxonalari, tegishli issiqlik tarmoqlari quvurlarini gidravlik sinovdan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — quvurlarda ehtimoliy zaif qismlarni aniqlash, issiqlik ta’minotining ishonchliligini oshirish, avariyaviy holatlarning oldini olish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Sinov ishlari olib borilishi munosabati bilan 08:00 dan 18:00 gacha Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Yashnobod, Shayxontohur va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv haroratining vaqtincha pasayishi kuzatilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, mazkur ishlar yakunlangach, Veolia Energy Tashkent mutaxassislari tez fursatda issiq suv ta’minotini barqaror holatga qaytarish uchun zarur choralarni ko‘rishi ta’minlanadi.
Mavzuga oid
11:35
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026