Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Gazel» daraxtga borib urildi
YTH oqibatida transport vositasi ichida bo‘lgan ikki yo‘lovchiga birinchi yordam ko‘rsatildi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 10 aprel kuni soat 14:30 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi, 2-darajali yo‘lida «Gazel» rusumli transport vositasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urilgan.
YTH oqibatida transport vositasi texnik shikastlangan va ikki nafar yo‘lovchiga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oxirlarida poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus daraxtga borib urilgan edi. Bunga jamoat transport vositasining yurish qismidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:03 / 20.11.2025
Chilonzorda YTHdan so‘ng elektromobil yonib ketdi
16:10 / 27.10.2025
Radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari yoziladi
00:58 / 24.10.2025
Andijonda haydovchi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi
14:19 / 22.10.2025