Fransiyada bir vaqtning o‘zida bir nechta qamoqxonaga hujum uyushtirildi
Xususan, Lyuinda joylashgan qamoqxona yaqinidagi avtomobillar yoqib yuborildi, Tulonda esa qamoqxona darvozasi o‘qqa tutildi.

Foto: AP
Fransiyada 15 yanvarga o‘tar kechasi bir nechta qamoqxonaga hujum uyushtirildi. Mamlakat adliya vaziri Jyerald Darmanenning ma’lum qilishicha, penitensiar muassasalarda «xodimlarni qo‘rqitishga urinishlar — avtomobillarni yoqib yuborishdan tortib, quroldan o‘q uzishgacha bo‘lgan tahdidlar yuz bermoqda».
BFMTV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan kecha Lyuin (Bush-dyu-Ron departamenti) va Valensedagi (Drom departamenti) qamoqxonalar yaqinidagi avtoturargohlarda joylashgan mashinalar yoqib yuborilgan, Tulonda esa (Var departamenti) mahalliy qamoqxona darvozalari noma’lum shaxslar tomonidan «Kalashnikov» avtomati yordamida o‘qqa tutilgan.
Bundan tashqari, Parij yaqinidagi — Nantere (O-de-Sen departamenti), Vilpente (Sen-Sen Deni departament) va Nim shahri (Gar departamenti) qamoqxonalariga zarar yetkazilgani to‘g‘risida xabar berilgan.
Marselda ham bir nechta avtomobil yoqib yuborilgan. Ularning yonidan DDPF yozuvlari qoldirib ketilgan — bu «fransuz mahbuslari huquqlari uchun» (Droit des prisonniers francais) jumlasining abbreviaturasi hisoblanadi.
«Men qamoqxonalar xodimlariga yordam ko‘rsatish maqsadida Tulonga yo‘l olyapman. Fransiya Respublikasi noqonuniy giyohvand moddalar aylanmasiga to‘qnash kelmoqda va jinoiy tarmoqni butunlay yo‘q qilish imkonini beradigan choralarni ko‘ryapti», — deb yozadi Fransiya adliya vaziri X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
BFMTV manbalarining ta’kidlanishicha, qamoqxonalarga hujumlar muvofiqlashtirilgan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar seriyasi Fransiya hukumatining narkosavdogarlarni saqlash uchun qattiq tartibli qamoqxonalar qurish rejasiga javob hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
Mavzuga oid

10:47 / 31.05.2025
Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi

23:26 / 30.05.2025
Fransiyada 1 iyuldan bolalar yuradigan joylarda tamaki chekish taqiqlanadi

21:21 / 28.05.2025
Fransiya yangi atom suvosti kemasini taqdim etdi

20:15 / 27.05.2025