Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
Fransiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Jazoir Fransiya diplomatik missiyasining 12 nafar xodimidan mamlakatni tark etishni so‘radi. Avvalroq Fransiyada uch jazoirlik, jumladan bir diplomat muxolifatchining o‘g‘irlanishiga aloqadorlikda ayblangan edi.

Foto: Valery Hache/AFP/Getty Images
Jazoir Fransiya elchixonasining 12 xodimidan 48 soat ichida mamlakatni tark etishni so‘radi. Bu haqda 14 aprel, dushanba kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro ma’lum qildi. 12 kishi orasida diplomatlardan tashqari Fransiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari ham bor, deb yozadi AFP agentligi.
Barrot Jazoirni ko‘rilgan choralardan voz kechishga chaqirib, ularni avvalroq Fransiyada uch Jazoir fuqarosi, jumladan diplomatning hibsga olinishiga munosabat deb atadi. «Agar amaldorlarimizni haydab chiqarish qarori o‘z kuchida qolsa, bizning zudlik bilan munosabat bildirishdan boshqa ilojimiz bo‘lmaydi», deya vazirning so‘zlarini keltiradi AFP agentligi.
Jazoirdan fransuz diplomatlari chiqarib yuborilayotgani haqidagi xabar rasmiy ravishda tasdiqlanmadi, deb xabar beradi Reuters.
Avvalroq Fransiyada uch nafar jazoirlik hibsga olingani, ular orasida jumladan, elchixona xodimi ham borligi xabar qilingandi. 11 aprel kuni Milliy aksilterror prokuraturasi (PNAT) ularni TikTok ijtimoiy tarmog‘ida 1,1 milliondan ortiq obunachisi bo‘lgan mashhur jazoirlik muxolifatchi Amir Buxorsni o‘g‘irlashda ishtirok etganlikda aybladi. Jazoir o‘z diplomatining hibsga olinishiga norozilik bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Mavzuga oid

13:29 / 01.06.2025
«PSJ»ning finaldagi g‘alabasidan so‘ng Parijda tartibsizliklar yuzaga keldi

23:02 / 12.05.2025
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»

10:18 / 18.04.2025
Parijda AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

11:30 / 16.04.2025