Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Airbus vodorodda uchadigan «yashil» samolyotini taqdim etishni kechiktirdi
Kompaniya 2035 yilgacha bunday samolyotlardan foydalanishga o‘ta olmasligini tan oldi. Airbus hozirga qadar bu kabi ixtirolar uchun umumiy hisobda 1,7 mlrd dollar sarflab bo‘lgan.
Yevropaning Airbus samolyotsozlik korporatsiyasi 2035 yilga borib bozorga nol miqdorda zararli gaz chiqaradigan vodorod dvigatelli yo‘lovchi samolyotini taqdim etish rejasidan voz kechdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.
Airbus rahbari Giyom Fori 2020 yilda kompaniya aviasanoatda «yashil o‘tish»ga boshchilik qilmoqchi ekanini aytgandi. U 15 yil davomida vodorod dvigatelli samolyotlarning uchta tipini seriyali ishlab chiqarishga tayyor bo‘lishi taxmin qilingan edi. Ularning eng kattasi 200 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan va parvoz davomiyligi 3,7 ming kilometrga yetishi kerak bo‘lgan.
Airbus vodoroddan yonilg‘i sifatida foydalanishni o‘nlab aviakompaniyalar bazasida va dunyo bo‘ylab 200 dan ortiq aeroportlarda sinab ko‘rdi. Ixtirolar uchun umumiy hisobda 1,7 milliard yevro sarflandi — bu asosan kompaniyaning o‘z mablag‘lari hisobidan. Airbus shuningdek, kompaniyaning eng yirik aksiyadori bo‘lgan Fransiya hukumatidan ham katta miqdorda subsidiya olgan.
Natijada Airbus vodorod yonilg‘iga o‘tish uchun samolyotlar konstruksiyasida katta o‘zgarishlarni amalga oshirish talab etilishiga ishonch hosil qilgan. Shu bois Giyom Fori 2035 yilga qadar «yashil» samolyotlar paydo bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
07:48 / 05.02.2026
Jahon aviabozoridagi talab: Boeing va Airbus’ning 2025 yilgi buyurtma kitobi
18:02 / 13.01.2026
Shavkat Mirziyoyev Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi faoliyati bilan tanishdi
18:39 / 29.11.2025