Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birlashgan Arab Amirliklari qonunlar yozishni sun’iy intellektga topshirmoqchi
Foto: wam.ae
Birlashgan Arab Amirliklari yangi qonunlar yaratish, amaldagi qonunlarni qayta ko‘rib chiqish va ularga o‘zgartish kiritish uchun sun’iy intellektdan foydalaniladigan dunyodagi birinchi davlatga aylanadi. Bu haqda Financial Times nashri yozmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, bu qaror davlat tomonidan sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha eng radikal urinish bo‘lib, unga milliardlab dollar investitsiya qilingan.
Mamlakat bosh vaziri, Dubay amiri shayx Muhammad ibn Rashid Ol Maktumning ta’kidlashicha, qonunchilik jarayoniga SIni joriy qilish uni tezkor va aniqroq qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tizim muntazam ravishda qonunchilikka o‘zgartishlar taklif qilib boradi va hukumat kutayotgan natijalarga ko‘ra, bu qonunchilik faoliyatini 70 foizga tezlashtiradi.
Rejaga ko‘ra, barcha federal va mahalliy qonunlar, sud pretsedentlari hamda turli davlat idoralarining ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli ma’lumotlar bazasi yaratiladi. SI ushbu ma’lumotlarni tahlil qiladi, qonunchilikka o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha takliflar shakllantiradi va ularning iqtisodiyot hamda jamiyatga ta’sirini baholaydi. Qonunlar yaratish jarayoniga SIni integratsiya qilishni koordinatsiyalash Regulatory Intelligence Office nomli maxsus tuzilma zimmasiga yuklatilgan.
Shu bilan birga, mutaxassislar ushbu tashabbusning ehtimoliy xatarlari haqida ogohlantirmoqda.
Oksford universiteti tadqiqotchisi Vinsent Shtraub ta’kidlashicha, SI ishonchsiz yoki hatto yolg‘on natijalarni taqdim etishi mumkin, uning mantiqiy xulosalari esa har doim ham tushunarli bo‘lmaydi. Uning ta’kidlashicha, qonun yaratish kabi muhim sohada mashinalar algoritmiga suyangan holda ish yuritish xavfli bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
07:28 / 04.12.2025
Mask: sun’iy intellekt odamlarni iqtisodiy mehnat zaruratidan ozod qiladi
15:49 / 03.12.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt uchun etik me’yor va qoidalar joriy etiladi
21:13 / 01.12.2025
“Samarqand-2028” sun’iy yo‘ldoshi orqali olingan suratlar bilan havo sifatini birlamchi baholash mumkin bo‘ladi
10:41 / 01.12.2025